• Main
  • Press-center
  • O‘zsanoatqurilishbank (SQB) rahbariyati aholi bandligi va muammolarini o‘rganis

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) rahbariyati aholi bandligi va muammolarini o‘rganish uchun joylarga chiqdi


03.11.2025 12:33

 O‘zsanoatqurilishbank (SQB) rahbariyati aholi bandligi va muammolarini o‘rganish uchun joylarga chiqdi

Ushbu tashabbuslar Prezidentimiz boshchiligida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar faolligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaldagi ifodasidir.

SQB Boshqaruvi Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, va Samarqand viloyatlariga tashrifi davomida kam ta’minlangan oilalar bilan suhbatlar o‘tkazdi, shuningdek, hokimliklar hamkorligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etdi. Mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Masalan, Bo‘ka tumanida qator mikroloyihalar o‘rganildi. “Oltin” mahallasida tashkil etilgan issiqxona doirasida gulchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha qiymati 40 mln so‘m bo‘lib, shuning yarmi bank krediti hisobiga moliyalashtirildi. Issiqxonada ikkita doimiy ish o‘rni yaratilgan, yillik daromad 60-70 mln so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu namuna shuni ko‘rsatadiki, kichik mablag‘ bilan ham mahallada uzluksiz daromad manbaini shakllantirish mumkin.

G‘ijduvon tumani “Zarangari” mahallasida Alijon Ko‘ldoshev tomonidan tashkil etilgan nonvoyxona 100 mln so‘mlik sarmoya hisobiga kuniga 1 500 dona non ishlab chiqarmoqda, oylik sof foyda 75 mln so‘mdan oshmoqda va 6 nafar fuqaro doimiy band.

Kasbi tumani “Istiqlol” mahallasida “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 40 mln so‘mlik penablok ishlab chiqarish sexi boshlangan. Sexda kuniga 100 dona penablok ishlab chiqarilib, tadbirkorning kunlik sof daromadi 700 ming so‘mga, yillik daromadi esa 255 mln so‘mgacha yetmoqda. Bu yerda 4 nafar fuqaro doimiy ishga ega bo‘ldi.

Ayollar bandligiga xizmat qilayotgan tashabbuslar alohida e’tiborda. Payariq tumanida Ra’no Mavlyanova tashkil etgan tikuvchilik sexi xotin-qizlar uchun yangi mehnat maydoniga aylanmoqda. Loyihadan kutilayotgan natija – yiliga 115 mln so‘mgacha sof daromad, keyinchalik esa ishlab chiqarishni kengaytirish va ulkan fabrikaga aylanish. Bu kabi sa’y-harakatlar yoshlar va ayollar hayotida yangi bosqichni boshlayapti, deydi tadbirkor.

Bunday uchrashuv va tashabbuslar mahalla tizimini takomillashtirish, aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Eng muhimi, har bir bunday loyiha ortida inson taqdiri, oilalarning barqaror daromadi va yoshlarning kelajakka ishonchi ifodalangan.







11/20/2025 12:44:32 pm
Navoiy viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Karmana tumanidagi namunaviy loyiha

Prezidentimiz tomonidan belgilangan aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kichik ...

09/23/2025 05:48:04 pm
O‘zsanoatqurilishbankning moliyaviy inklyuziya yo‘lidagi tashabbuslar

Aholi daromadini oshirish, bandlikni kengaytirish va har bir oila uchun munosib t ...

06/24/2025 12:10:33 pm
Tomorqa – daromad manbai, ozuqa – eksport poydevori: SQB’ning agrosanoatdagi tashabbusi

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Beruniy-agro star” hamda Andijon viloyatidagi “Asaka a ...


Last updated date: 03.11.2025 12:33  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo