All Credits
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlarga biznes-motivatsiya berish, ularni qiynayotgan savollarga birgalikda yechim topish, bank-moliya tizimiga oid yangiliklardan xabardor qilish maqsadida oʻtkazilayotgan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Navbatdagi ana shunday uchrashuvlar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tashkil etildi.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan 2022-yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, xususan, tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks choralar koʻrilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish, yangi loyihalarni amalga oshirishlarida qulay moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda.
Bank tomonidan qashqadaryolik va surxondaryolik tadbirkorlar uchun tashkil etilgan uchrashuvda shular haqida soʻz bordi.
Hududlarda sohani rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Yoshlarning startap loyihalari boʻyicha fikr almashildi. Yashil loyihalar va yashil kreditlar ahamiyati, afzalliklari xususida tushuncha berildi.
Muloqot, ayniqsa, fermerlar uchun mavsumoldi manfaatli uchrashuv boʻlgani taʼkidlandi.
Uchrashuvlarda oltmishga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.
Bank Axborot xizmati
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...