O‘RTA BIZNES MARKAZIGA VAKANSIYA


09.10.2026 04:17

Lavozim: Kredit ajratish xizmati menejeri

Lavozim vazifalari:

·         O‘rta biznes segmentiga mansub mijozlarning kredit va moliyalashtirish bo‘yicha arizalarini ko‘rib chiqish;

·         Kredit arizalari bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish;

·         Kredit loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish;

·         Mijozlarning moliyaviy holati, to‘lov qobiliyati va kreditga layoqatliligini baholash;

·         Kredit loyihalari bo‘yicha moliyaviy tahlil o‘tkazish va tegishli xulosalarni tayyorlash;

·         Kredit ta’minotining turi, qiymati va likvidligini tahlil qilish hamda ta’minot hujjatlarini o‘rganish;

·         Kredit risklarini aniqlash va baholash, shuningdek, ularni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

·         Kredit ajratish bo‘yicha hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash va tegishli bank bo‘linmalariga taqdim etish;

·         Kredit arizalarini ko‘rib chiqish jarayonida bankning ichki bo‘linmalari bilan samarali hamkorlik qilish;

·         Kredit loyihalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;

·         Ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit hujjatlarini yuritish va ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash;

·         Amaldagi kredit loyihalarini monitoring qilish va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;

·         Mijozlarning kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishini monitoring qilish;

·         Kredit portfeli sifati va kredit risklari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni nazorat qilish;

·         iABS bank tizimi va boshqa axborot tizimlarida ishlash;

·         Amaldagi qonunchilik, bankning ichki me’yoriy hujjatlari, komplayens talablari, AML/CFT siyosati hamda bank siri to‘g‘risidagi talablarga rioya qilish;

·         Belgilangan KPI va reja ko‘rsatkichlarini bajarish.

Talablar:

·         Iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki menejment yo‘nalishlarida oliy ma’lumot;

·         Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi;

·         Kreditlash va kredit loyihalarini tahlil qilish bo‘yicha ish tajribasi;

·         Korporativ mijozlarni kreditlash jarayonlarini bilish;

·         Yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish va moliyaviy holatini baholash ko‘nikmasi;

·         Kredit risklarini baholash va kredit ta’minotini tahlil qilish ko‘nikmasi;

·         Bankning kredit mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;

·         Kompyuter va bank axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;

·         Hujjatlar bilan ishlash va tahliliy fikrlash qobiliyati;

·         Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va ijro intizomiga rioya qilish;

·         Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi;

·         Natijaga yo‘naltirilganlik va belgilangan muddatlarga rioya qilish.

Ish sharoitlari:

·         O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;

·         Raqobatbardosh ish haqi;

·         Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati;

·         Yirik va barqaror bankda ishlash imkoniyati;

·         Zamonaviy ofis va qulay mehnat sharoitlari;

·         Ahil jamoa va moslashuv davrida to‘liq qo‘llab-quvvatlash;

·         Ish jadvali: 5/2.

Rezyume yuborish:

hr@sqb.uz





Other news

10/19/2026 04:58:48 pm
SQB Mikro va kichik biznes departamentining Biznesni rivojlantirish xizmati katta menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Mikro va kichik biznes mijozlarini faol jalb qilish, mijozlar bazasini kengayti ...

10/19/2026 04:57:47 pm
SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining Devonxona xizmati ish yurituvchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Bankka kelib tushadigan hujjat va yozishmalarni, jumladan davlat organlari, Markaziy bank va b ...


Last updated date: 13.10.2026 09:18  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит