Lavozim: Kredit ajratish xizmati menejeri
· O‘rta biznes segmentiga mansub mijozlarning kredit va moliyalashtirish bo‘yicha arizalarini ko‘rib chiqish;
· Kredit arizalari bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish;
· Kredit loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish;
· Mijozlarning moliyaviy holati, to‘lov qobiliyati va kreditga layoqatliligini baholash;
· Kredit loyihalari bo‘yicha moliyaviy tahlil o‘tkazish va tegishli xulosalarni tayyorlash;
· Kredit ta’minotining turi, qiymati va likvidligini tahlil qilish hamda ta’minot hujjatlarini o‘rganish;
· Kredit risklarini aniqlash va baholash, shuningdek, ularni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
· Kredit ajratish bo‘yicha hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash va tegishli bank bo‘linmalariga taqdim etish;
· Kredit arizalarini ko‘rib chiqish jarayonida bankning ichki bo‘linmalari bilan samarali hamkorlik qilish;
· Kredit loyihalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;
· Ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit hujjatlarini yuritish va ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash;
· Amaldagi kredit loyihalarini monitoring qilish va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
· Mijozlarning kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishini monitoring qilish;
· Kredit portfeli sifati va kredit risklari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni nazorat qilish;
· iABS bank tizimi va boshqa axborot tizimlarida ishlash;
· Amaldagi qonunchilik, bankning ichki me’yoriy hujjatlari, komplayens talablari, AML/CFT siyosati hamda bank siri to‘g‘risidagi talablarga rioya qilish;
· Belgilangan KPI va reja ko‘rsatkichlarini bajarish.
· Iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki menejment yo‘nalishlarida oliy ma’lumot;
· Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi;
· Kreditlash va kredit loyihalarini tahlil qilish bo‘yicha ish tajribasi;
· Korporativ mijozlarni kreditlash jarayonlarini bilish;
· Yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish va moliyaviy holatini baholash ko‘nikmasi;
· Kredit risklarini baholash va kredit ta’minotini tahlil qilish ko‘nikmasi;
· Bankning kredit mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
· Kompyuter va bank axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;
· Hujjatlar bilan ishlash va tahliliy fikrlash qobiliyati;
· Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va ijro intizomiga rioya qilish;
· Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi;
· Natijaga yo‘naltirilganlik va belgilangan muddatlarga rioya qilish.
· O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
· Raqobatbardosh ish haqi;
· Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati;
· Yirik va barqaror bankda ishlash imkoniyati;
· Zamonaviy ofis va qulay mehnat sharoitlari;
· Ahil jamoa va moslashuv davrida to‘liq qo‘llab-quvvatlash;
· Ish jadvali: 5/2.
Asosiy vazifalar: • Mikro va kichik biznes mijozlarini faol jalb qilish, mijozlar bazasini kengayti ...
Asosiy vazifalar: • Bankka kelib tushadigan hujjat va yozishmalarni, jumladan davlat organlari, Markaziy bank va b ...
Asosiy vazifalar: • Sergili BXM faoliyatini Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etish, muvof ...

