SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining Devonxona xizmati ish yurituvchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.
19.10.2026 11:57
Asosiy vazifalar:
• Bankka kelib tushadigan hujjat va yozishmalarni, jumladan davlat organlari, Markaziy bank va boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish;
• Hujjatlarni rahbariyat va mas’ul ijrochilar o‘rtasida taqsimlash, E-XAT tizimi orqali kelgan hujjatlarni ro‘yxatga olish va yuborish;
• Hujjatlar va topshiriqlarning belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi hamda bajarilishini nazorat qilish;
• Chiquvchi xatlarni rasmiylashtirish, jo‘natish va pochta jo‘natmalari hisobini yuritish;
• Hujjatlarni tizimlashtirish, saqlash va arxivga topshirish, ma’lumotlar bazalarini yuritish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot;
• Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi;
• Ish yuritish va hujjat aylanishi qoidalarini bilish;
• Elektron hujjat aylanishi tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;
• Hujjatlar ijrosi muddatlarini nazorat qilish, xizmat xatlarini tayyorlash va hujjatlarni tizimlashtirish ko‘nikmalari;
• Diqqatlilik, mas’uliyatlilik, tartiblilik, axborot xavfsizligi va maxfiylik talablariga rioya qilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 21.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

39
Boshqa yangiliklar