Qarzdorliklarni undirish bo‘yicha kichik menejer
02.10.2026 12:20
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazining Hududlarda yuridik va jismoniy shaxslarning qarzdorliklarini undirish guruhiga kichik menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif qiladi.
Ish joylari
- Toshkent viloyati, Nurafshon shahri — Olmaliq BXM;
- Buxoro viloyati — Buxoro BXM;
- Sirdaryo viloyati — Sirdaryo BXM.
Ish tajribasi
Kamida 1 yil.
Asosiy vazifalar
- qarzdorliklarni undirish bo‘yicha standart va individual strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
- yuridik shaxslarning muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ular yuzaga kelgan paytdan boshlab zarur choralarni ko‘rish;
- qarzdorlar va garov mulki egalarining majburiyatlarni bajarishiga ko‘maklashish samaradorligini oshirish;
- qarzdorlarni kredit majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirish;
- qarzdorlarga talabnoma va ogohlantirish xatlarini yuborish;
- kreditning muammoli aktivga aylanish xavfi yuzaga kelganda Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga erta ogohlantirish signallarini taqdim etish;
- muammoli qarzdorliklarni qonunchilik va kredit shartnomasi shartlariga muvofiq undirish choralarini ko‘rish;
- muddati o‘tgan qarzdorliklar ro‘yxatini shakllantirish va doimiy nazorat qilib borish;
- umidsiz deb tasniflangan muammoli aktivlar hisobini yuritish va ularni undirish choralarini ko‘rish;
- qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha Bankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;
- mijozlar, yuridik shaxslar, kafil va birgalikda qarz oluvchilar, shuningdek, garov mulki egalari haqidagi ma’lumotlarni bank axborot tizimlarida yangilab borish;
- garov mulki egalari va qarzdorlarga sudgacha bo‘lgan talabnomalarni yuborish;
- qarzdorlikni so‘ndirish uchun tegishli hisobvaraqlardan mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha zarur bank operatsiyalarini amalga oshirish;
- Undiruv markaziga o‘tkazilgan muammoli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklarni undirish choralarini ko‘rish;
- balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olingan kreditlar bo‘yicha ishlar holatini, jumladan sud jarayonlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik va ijro hujjatlari holatini o‘rganish;
- Undiruv markazining yuridik xizmati va Bankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;
- xizmat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish va asoslantirilgan javoblar tayyorlash;
- muammoli kreditlar bo‘yicha sud, notarial idoralar, Majburiy ijro byurosi (MIB), sug‘urta tashkilotlari va Savdo-sanoat palatasiga taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlash va to‘plash;
- tegishli tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- muammoli va muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan kreditlar bo‘yicha mijozlar bilan ishlash;
- qonunchilik talablariga muvofiq telefon va boshqa aloqa vositalari orqali muzokaralar olib borish hamda qarzdorliklarni undirish;
- yuridik shaxslar va qarzdorlarning manzillariga chiqib, uchrashuvlar o‘tkazish va qarzdorliklarni undirish choralarini ko‘rish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
- iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalishda oliy ma’lumot;
- yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar;
- mijozlar bilan muzokara olib borish va konstruktiv muloqot qilish qobiliyati;
- muammoli va muddati o‘tgan qarzdorliklar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- analitik fikrlash;
- diqqatlilik va mas’uliyatlilik;
- stressga chidamlilik va qat’iyatlilik;
- kreditlash asoslari va bank mahsulotlarini bilish;
- xizmat yuzasidan hududlarga chiqishga tayyorlik;
- hujjatlar va rasmiy yozishmalar bilan ishlash ko‘nikmasi.
Ko‘nikmalar
- muddati o‘tgan va muammoli qarzdorliklarni undirish;
- qarzdorlar va kreditga aloqador shaxslar bilan muzokaralar olib borish;
- talabnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlash;
- sudlar, MIB, notarial idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- kredit qarzdorligini tahlil qilish;
- bank axborot tizimlarida ishlash;
- qonunchilik va Bankning ichki hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ish sharoitlari
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga rasmiy ishga qabul qilish;
- ish joyi: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri — Olmaliq BXM; Buxoro viloyati — Buxoro BXM; Sirdaryo viloyati — Sirdaryo BXM.

51