Qarzdorliklarni undirish bo‘yicha kichik menejer


02.10.2026 12:20

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazining Hududlarda yuridik va jismoniy shaxslarning qarzdorliklarini undirish guruhiga kichik menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif qiladi.

Ish joylari

  • Toshkent viloyati, Nurafshon shahri — Olmaliq BXM;
  • Buxoro viloyati — Buxoro BXM;
  • Sirdaryo viloyati — Sirdaryo BXM.

Ish tajribasi

Kamida 1 yil.

Asosiy vazifalar

  • qarzdorliklarni undirish bo‘yicha standart va individual strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
  • yuridik shaxslarning muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ular yuzaga kelgan paytdan boshlab zarur choralarni ko‘rish;
  • qarzdorlar va garov mulki egalarining majburiyatlarni bajarishiga ko‘maklashish samaradorligini oshirish;
  • qarzdorlarni kredit majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirish;
  • qarzdorlarga talabnoma va ogohlantirish xatlarini yuborish;
  • kreditning muammoli aktivga aylanish xavfi yuzaga kelganda Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga erta ogohlantirish signallarini taqdim etish;
  • muammoli qarzdorliklarni qonunchilik va kredit shartnomasi shartlariga muvofiq undirish choralarini ko‘rish;
  • muddati o‘tgan qarzdorliklar ro‘yxatini shakllantirish va doimiy nazorat qilib borish;
  • umidsiz deb tasniflangan muammoli aktivlar hisobini yuritish va ularni undirish choralarini ko‘rish;
  • qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha Bankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;
  • mijozlar, yuridik shaxslar, kafil va birgalikda qarz oluvchilar, shuningdek, garov mulki egalari haqidagi ma’lumotlarni bank axborot tizimlarida yangilab borish;
  • garov mulki egalari va qarzdorlarga sudgacha bo‘lgan talabnomalarni yuborish;
  • qarzdorlikni so‘ndirish uchun tegishli hisobvaraqlardan mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha zarur bank operatsiyalarini amalga oshirish;
  • Undiruv markaziga o‘tkazilgan muammoli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklarni undirish choralarini ko‘rish;
  • balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olingan kreditlar bo‘yicha ishlar holatini, jumladan sud jarayonlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik va ijro hujjatlari holatini o‘rganish;
  • Undiruv markazining yuridik xizmati va Bankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;
  • xizmat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish va asoslantirilgan javoblar tayyorlash;
  • muammoli kreditlar bo‘yicha sud, notarial idoralar, Majburiy ijro byurosi (MIB), sug‘urta tashkilotlari va Savdo-sanoat palatasiga taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlash va to‘plash;
  • tegishli tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • muammoli va muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan kreditlar bo‘yicha mijozlar bilan ishlash;
  • qonunchilik talablariga muvofiq telefon va boshqa aloqa vositalari orqali muzokaralar olib borish hamda qarzdorliklarni undirish;
  • yuridik shaxslar va qarzdorlarning manzillariga chiqib, uchrashuvlar o‘tkazish va qarzdorliklarni undirish choralarini ko‘rish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

  • iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalishda oliy ma’lumot;
  • yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar;
  • mijozlar bilan muzokara olib borish va konstruktiv muloqot qilish qobiliyati;
  • muammoli va muddati o‘tgan qarzdorliklar bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • analitik fikrlash;
  • diqqatlilik va mas’uliyatlilik;
  • stressga chidamlilik va qat’iyatlilik;
  • kreditlash asoslari va bank mahsulotlarini bilish;
  • xizmat yuzasidan hududlarga chiqishga tayyorlik;
  • hujjatlar va rasmiy yozishmalar bilan ishlash ko‘nikmasi.

Ko‘nikmalar

  • muddati o‘tgan va muammoli qarzdorliklarni undirish;
  • qarzdorlar va kreditga aloqador shaxslar bilan muzokaralar olib borish;
  • talabnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlash;
  • sudlar, MIB, notarial idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
  • kredit qarzdorligini tahlil qilish;
  • bank axborot tizimlarida ishlash;
  • qonunchilik va Bankning ichki hujjatlari talablariga rioya qilish.

Ish sharoitlari

  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga rasmiy ishga qabul qilish;
  • ish joyi: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri — Olmaliq BXM; Buxoro viloyati — Buxoro BXM; Sirdaryo viloyati — Sirdaryo BXM.




Boshqa yangiliklar

10/22/2026 11:52:59 am
SQB shartnoma majburiyatlari monitoringi bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti. Asosiy vazifalar: ...

10/22/2026 10:22:49 am
SQB bank xizmatlari ofisi nazoratchisi (bosh buxgalteri) lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent viloyati. Asosiy vazifalar: Bank operatsiyalarining ...

10/21/2026 04:46:52 pm
SQB Farg'ona BXO, Sirdaryo BXO va Kirguli BXMlariga biznes bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribag ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.10.2026 17:20  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит