SQB’da korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha onlayn o‘quv-trening o‘tkazildi
18.02.2026 12:04
O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida navbatdagi onlayn o‘quv-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulotda bankning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy tarmoqlari xodimlari masofaviy tarzda ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining asosiy tamoyillari, xodimlarning mas’uliyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shaffoflik va halollik madaniyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Trening yakunida xodimlarning mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash maqsadida onlayn test sinovlari o‘tkazildi.
Ushbu yondashuv xodimlar bilimini mustahkamlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish hamda bankda ochiq va shaffof faoliyat muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

299