• Main
  • Press-center
  • SQB “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida: “yashil” rivojlanishga amaliy h

SQB “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida: “yashil” rivojlanishga amaliy hissa


19.06.2025 17:48

 SQB “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida: “yashil” rivojlanishga amaliy hissa

Joriy yilning 19-iyun kuni Toshkent shahridagi “Central Asian Expo” majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. O‘zsanoatqurilishbank (SQB) ushbu ko‘rgazmada “Green banking” konsepsiyasi asosida tuzilgan interaktiv stend bilan faol ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi doirasida tashkil etildi. Tadbirda 25 dan ortiq davlat, shu jumladan va boshqalardan ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniya va tashkilotlar ishtirok etmoqda.

SQB tomonidan namoyish etilgan interaktiv stend “Green Banking” konsepsiyasi asosida shakllantirilgan bo‘lib, bankning ekologik yo‘nalishdagi moliyalashtirish loyihalari, “yashil” kreditlar va samarali infratuzilmalar haqida keng qamrovli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

– So‘nggi uch yilda bank tomonidan 567 million AQSH dollari miqdorida “yashil” kreditlar ajratildi, – deydi SQB Green Banking departamenti direktori Bobur Sultonmurodov. – Bu orqali 47 000 MVt/soat muqobil energiya ishlab chiqarildi, 239 000 MVt/soat elektr energiyasi hamda 23 000 m³ suv tejaldi. Shuningdek, bankning 39 ta binosi EDGE auditidan o‘tkazilib, 29 tasiga xalqaro sertifikat taqdim etildi.

SQB faoliyati xalqaro miqyosda ham tan olingan. Joriy yil boshida bank “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan “3” darajali ESG reytingi (umumiy ball – 59) bilan baholandi.

Ko‘rgazma doirasida “Yashil qurilish: O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasi” mavzusidagi panel sessiyada SQB tomonidan “yashil bank” faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi – ekologik innovatsiyalarni keng targ‘ib etish, davlat va xususiy sektor o‘rtasida “yashil” hamkorlikni mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida samarali yechimlarni ilgari surishdir.

“Eco Expo Central Asia 2025” doirasida biznes uchrashuvlar, startaplar va loyihalar taqdimotlari, fotoko‘rgazmalar hamda hujjatli filmlar namoyishlari tashkil etilmoqda. Bu, o‘z navbatida, ishtirokchilarga yangi bozorlarga chiqish, ekologik yechimlar bilan tanishish va mintaqaviy siyosatga ta’sir o‘tkazish imkonini yaratadi.

Qisqacha aytganda, “Eco Expo Central Asia 2025” nafaqat ko‘rgazma, balki ekologik barqarorlik va yashil rivojlanish sari yo‘nalgan amaliy hamkorliklar uchun muhim platformaga aylanmoqda.

Ko‘rgazma shu yilning 21 iyuniga qadar davom etadi.

Bank axborot xizmati





04/06/2026 06:08:41 pm
SQB’da xotin-qizlar uchun biznes-trening o‘tkaziladi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...

04/06/2026 09:22:10 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (SQB) xodimi tomonidan fuqarolardan kredit ajratib berish evazig ...

04/03/2026 12:14:26 pm
Yoshlar bilan ochiq muloqotlar – amaliy tashabbuslar maydoni

Prezidentimizning joriy yil 24-fevralda yoshlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini t ...


Last updated date: 05.03.2026 10:43  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo