Tadbirlar

Manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish masalalariga oid muhim uslubiy ishlanmalar tayyorlandi


02.10.2024 17:34

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar tayyorlanib, davlat organi va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazildi.
 Jumladan:
  Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma
  manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi.
     Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
  manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi.

      Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallar


  Mazkur materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-ahloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi.



09/18/2024 12:31:59 pm
Manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish masalalariga oid muhim uslubiy ishlanmalar tayyorlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademi ...

07/16/2024 12:33:00 pm
O‘zsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashqi audit natijalari ijobiy

Joriy yilning 9-12-iyul kunlari O‘zsanoatqurilishbankn ...

05/14/2024 03:35:55 pm
Yangi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya islohotlari fakt va raqamlarda.

Videorolik “Yuksalish” Harakati tomonidan tayorlangan. ...


Last updated date: 03.10.2024 10:12  
up