Hurmatli mijozlar!
So‘nggi kunlarda firibgarlar tomonidan davlat organlari va boshqa ishonchli tashkilotlar nomidan yuridik shaxslarning elektron pochta manzillari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali fishing xabarlari va zararli fayllar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
Bunday fayllar yuklab olinib ishga tushirilganda, kompyuterga zararli dastur o‘rnatilishi va firibgarlarga qurilmani masofadan boshqarish imkoniyati yaratilishi mumkin. Natijada ular mijoz nomidan «Bank-mijoz» dasturi orqali noqonuniy to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga urinishlari mumkin.
Quyidagi xodimlarga alohida ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi:
Xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar:
Eslatma: Bank xodimlari elektron pochta, telefon qo‘ng‘irog‘i yoki messenjerlar orqali ERI kaliti, parol, SMS-kod yoki tasdiqlash kodlarini hech qachon so‘ramaydi. Bunday ma’lumotlarni hech kimga bermang.
Hurmatli mijozlar! «Yangi Toshkent» kredit mahsuloti shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’l ...
Hurmatli mijozlar! “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, y ...
Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan yangi «Kichik biznes uchu ...

