Zararli fayllar tarqatilayotgani haqida ogohlantirish


03.08.2026 17:53

Hurmatli mijozlar!

So‘nggi kunlarda firibgarlar tomonidan davlat organlari va boshqa ishonchli tashkilotlar nomidan yuridik shaxslarning elektron pochta manzillari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali fishing xabarlari va zararli fayllar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.

Bunday fayllar yuklab olinib ishga tushirilganda, kompyuterga zararli dastur o‘rnatilishi va firibgarlarga qurilmani masofadan boshqarish imkoniyati yaratilishi mumkin. Natijada ular mijoz nomidan «Bank-mijoz» dasturi orqali noqonuniy to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga urinishlari mumkin.

Quyidagi xodimlarga alohida ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi:

  • tashkilot rahbarlari;
  • bosh buxgalterlar;
  • moliya bo‘limi xodimlari;
  • bank hisobvaraqlaridan foydalanuvchi xodimlar;
  • elektron raqamli imzo bilan ishlovchi xodimlar.

Xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar:

  • shubhali elektron xatlar, havolalar va biriktirilgan fayllarni ochmang;
  • xabar yuboruvchining elektron pochta manzili va havolalarning haqiqiyligini tekshiring;
  • faqat litsenziyalangan antivirus dasturlaridan foydalaning va ularning virus bazalarini muntazam yangilab boring;
  • kompyuteringiz zararlangan deb gumon qilsangiz, undan bank operatsiyalarini amalga oshirmang, muhim ma’lumotlarning zaxira nusxasini saqlang va IT mutaxassisiga murojaat qiling;
  • ERI kaliti yoki kompyuteringiz xavfsizligi buzilganidan shubhalansangiz, zudlik bilan Bankning 1180 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki xizmat ko‘rsatuvchi bank ofisiga murojaat qiling.

Eslatma: Bank xodimlari elektron pochta, telefon qo‘ng‘irog‘i yoki messenjerlar orqali ERI kaliti, parol, SMS-kod yoki tasdiqlash kodlarini hech qachon so‘ramaydi. Bunday ma’lumotlarni hech kimga bermang.





08/03/2026 04:15:15 pm
«Yangi Toshkent» ipoteka mahsuloti shartlaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli mijozlar! «Yangi Toshkent» kredit mahsuloti shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’l ...

08/03/2026 02:51:16 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga murojaat yuborish tartibi

Hurmatli mijozlar! “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, y ...

08/03/2026 11:18:27 am
Mikro va kichik biznes subyektlari uchun yangi «Kichik biznes uchun lizing» mahsuloti

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan yangi «Kichik biznes uchu ...


Last updated date: 03.08.2026 17:53  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит