• Main
  • Press-center
  • Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi


21.08.2026 11:08

Hurmatli mijozlar!

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi to‘g‘risida xabardorligingizni oshirish maqsadida shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab ushbu nafaqalar avtomatik tarzda tayinlanadi:

  • vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrining dastlabki 5 kuni ish beruvchi tomonidan to‘lanadi;
  • 6-kundan boshlab to‘lov Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.
Nima qilish kerak?

Elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish uchun shifokorga murojaat qiling. Ariza berish yoki qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

Ma’lumotlar tekshirilgandan so‘ng sizga nafaqa tayinlanganligi, uning miqdori va to‘lov muddati haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.

Mablag‘lar qayerga o‘tkaziladi?

Nafaqa ijtimoiy yoki bank kartangizga o‘tkaziladi. Agar kartangiz mavjud bo‘lmasa, tizim avtomatik ravishda virtual ijtimoiy karta ochadi.

Muhim

Kamida 6 oylik sug‘urta stajiga ega bo‘lgan sug‘urtalangan shaxslar nafaqa olish huquqiga ega. Nafaqa miqdori o‘rtacha ish haqi va sug‘urta staji hisobga olingan holda avtomatik tarzda hisoblanadi.

E’tibor bering: nafaqani tayinlash va uning miqdorini belgilash to‘g‘risidagi qaror Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan qabul qilinadi, bank esa tayinlangan mablag‘ni kartaga o‘tkazadi.

Batafsil ma’lumot — 1070 raqami orqali.





08/19/2026 05:33:47 pm
SQBning Andijon viloyatidagi bankomatida texnik ishlar olib borilmoqda

“Oʻzsanoatqurilishbank” (ATB) ning Andijon viloyati Xonabod shahar Anhor MFY 836-uy manzilidagi Uzkard bankomati ...

08/19/2026 04:20:06 pm
«Yangi uyga ipoteka-2», «Ishonch» va «Biznes savdo» mahsulotlari shartlaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli mijozlar! Amaldagi «Yangi uyga ipoteka-2», «Ishonch» va «Biznes savdo» kredit mahsulotlari ...

08/19/2026 10:17:48 am
Asia Express xalqaro pul o‘tkazmalari endi SQB Mobile’da mavjud

Hurmatli mijozlar! SQB Mobile mobil ilovasida Asia Express xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati ishga t ...


Last updated date: 21.08.2026 12:57  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит