Bo'sh ish o'rinlari

Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamenti “Tarmoqlarda ijro nazoratini muvofiqlashtirish guruhi”


27.08.2026 14:34

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining “Tarmoqlarda ijro nazoratini muvofiqlashtirish guruhi”ga Kichik menejer lavozimiga munosib nomzodlarni taklif etadi.

Asosiy vazifalar:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning Bankka kelib tushgan murojaatlarini tegishli tarkibiy bo‘linmalar va tarmoqlarga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirish;
  • murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi hamda ijro etilishini monitoring qilish va nazorat qilish;
  • murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yagona nazorat tizimini yuritish va takomillashtirishda ishtirok etish;
  • Bankda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor javob berish bo‘yicha tashkil etilgan “Ishonch telefoni” faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Bankning tarkibiy bo‘linmalari va tarmoqlariga murojaatlar bilan ishlash masalalarida uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi yuzasidan joyiga chiqqan holda nazorat va o‘rganish ishlarida ishtirok etish;
  • Departament va Bank tarmoqlarida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘rganishlarda ishtirok etish;
  • Guruh faoliyati bo‘yicha kelib tushgan xatlarni ko‘rib chiqish va tegishli javob xatlarini tayyorlash;
  • murojaatlar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
  • Guruhning yarim yillik ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda tasdiqlangan rejalar ijrosini ta’minlash;
  • amaldagi qonunchilik, Markaziy bank hujjatlari, Bank boshqaruvi qarorlari va ichki hujjatlar talablariga rioya qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • moliya yoki iqtisod yo‘nalishida oliy ma’lumot;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi bo‘yicha bilim;
  • hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish ko‘nikmalari;
  • tahliliy fikrlash va ma’lumotlarni tizimlashtira olish qobiliyati;
  • mas’uliyatlilik, diqqatlilik va yuqori ijro intizomi;
  • yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalari;
  • amaldagi qonunchilik va bankning ichki hujjatlari bilan ishlay olish;
  • Microsoft Office dasturlaridan foydalana olish.

Biz taklif qilamiz:

  • yirik va barqaror bankda professional faoliyat yuritish imkoniyati;
  • malakali mutaxassislar bilan bir jamoada ishlash;
  • kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati;
  • martaba o‘sishi uchun imkoniyatlar;
  • zamonaviy va professional ish muhiti.

 

 Ariza topshirish

Mazkur vakansiyaga qiziqqan nomzodlar o‘z rezyumelarini hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

Rezyumeda murojaat qilinayotgan lavozim nomini “Kichik menejer — Tarmoqlarda ijro nazoratini muvofiqlashtirish guruhi” deb ko‘rsatishingizni so‘raymiz.





Другие новости

18.09.2026 15:00:49
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining yuridik mijozlar kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi yuridik mijozlar va YTTlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish. • Sovuq ...

18.09.2026 14:59:59
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizo ...

18.09.2026 14:56:53
SQB Toshkent shahar BXOga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...


Дата последнего обновления: 27.08.2026 14:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send