Bo'sh ish o'rinlari

Ma’lumotlarni boshqarish markazi Ma’lumotlar sifatini monitoring va nazorat qilish xizmati Bosh menejer lavozimiga xodim taklif etadi.


23.09.2026 12:07

Asosiy vazifalar:

  • Xizmat faoliyatini strategik boshqarish;
  • Ma’lumotlar sifatiga oid siyosat va standartlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;
  • Bank bo‘ylab ma’lumotlar sifati monitoringi va nazorat tizimini tashkil etish;
  • Markaziy bank talablari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ichki reglament hamda nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • Xizmat xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha dasturlarni tashkil etish;
  • Ma’lumotlar sifati, shaffofligi va xavfsizligini ta’minlash;
  • Ma’lumotlar sifati bilan bog‘liq murojaat va shikoyatlarni ko‘rib chiqish hamda tegishli choralarni ko‘rish;
  • Bank tarkibiy bo‘linmalarida ma’lumotlar sifati monitoringi va nazorati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish;
  • iABS va SAP BPC platformalaridagi ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligini nazorat qilish;
  • Ma’lumotlarni tozalash, boyitish va verifikatsiya qilish jarayonlarini tashkil etish;
  • Ma’lumotlar modeli va sifat ko‘rsatkichlarining regulyator talablariga muvofiqligini ta’minlash;
  • Xizmat faoliyati bo‘yicha rahbariyatga hisobot, ma’lumot va takliflar taqdim etish.

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy ma’lumot;
  • Bank tizimida kamida 3 yil ish tajribasi;
  • Rahbarlik va tahliliy salohiyat;
  • Samarali muloqot va jamoani boshqarish ko‘nikmalari;
  • Ma’lumotlar sifati va ma’lumotlarni boshqarish jarayonlarini tushunish;
  • Bank qonunchiligi va Markaziy bank talablari bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Mas’uliyatlilik, tizimli va analitik fikrlash.

Biz taklif qilamiz:

  • Yirik va barqaror bank jamoasida ishlash;
  • Ma’lumotlarni boshqarish va Data Quality yo‘nalishida professional rivojlanish;
  • Bank miqyosidagi muhim jarayonlarni boshqarishda ishtirok etish;
  • Professional bilim va tajribani rivojlantirish imkoniyati.




Другие новости

23.09.2026 15:16:03
SQB Qibray BXM Xizmat ko'rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Kichik sotuv menejeri lavozimiga tashqi tanlov e’lon qiladi

Korporativ mijozlar bilan ishlash, faol sotuvlar va bank mahsulotlarini ilgari surishga qiziqadigan nomzodlarni j ...


Дата последнего обновления: 23.09.2026 17:09  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send