Bo'sh ish o'rinlari

SQB O‘rta biznes markazi Mijozlar koordinatori va RM xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


04.08.2026 10:03

Agar siz o‘rta biznes segmentidagi mijozlar bilan ishlash, bank mahsulotlarini sotish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• O‘rta biznes segmentiga mansub yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish.
• Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish.
• Mijozlarning ehtiyojlarini tahlil qilish hamda ularga mos bank mahsulotlari va yechimlarini taklif etish.
• Kredit mahsulotlari, lizing, faktoring, depozitlar, hisob-kitob-kassa xizmati va boshqa bank xizmatlari bo‘yicha mijozlarga maslahat berish.
• Bank mahsulotlarini rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida mijozlarni to‘liq kuzatib borish.
• Kredit arizalari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va tegishli bank bo‘linmalariga taqdim etish.
• Moliyalashtirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini muvofiqlashtirish hamda Bankning ichki bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.
• Amaldagi kredit loyihalarini monitoring qilish, mijozlarning majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish hamda sug‘urta polislarini o‘z vaqtida uzaytirish zarurati haqida mijozlarni xabardor qilish.
• Mijozlarga Bankning yangi mahsulotlari, xizmatlari va aksiyalari haqida ma’lumot berish.
• Bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• iABS bank tizimi va boshqa axborot tizimlarida ishlash hamda ichki jarayonlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.
• Amaldagi qonunchilik, Bankning ichki me’yoriy hujjatlari, komplaens talablari, AML/CFT siyosati va bank siri to‘g‘risidagi talablarga rioya qilish.
• Belgilangan KPI va reja ko‘rsatkichlarini bajarish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot — iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki menejment yo‘nalishida.
• Bank tizimida kamida ikki yillik ish tajribasi.
• Korporativ mijozlar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.
• Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan bank mahsulotlari va korporativ kreditlash jarayonlarini bilish.
• Muzokaralar olib borish, sotuvlarni amalga oshirish va mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish va ehtiyojlarini aniqlash qobiliyati.
• Kompyuter va bank axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasi.
• Mas’uliyatlilik, muloqotga kirishuvchanlik va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv.
• Ravon og‘zaki va yozma nutq.
• Natijaga yo‘naltirilganlik hamda reja ko‘rsatkichlarini bajarishga intilish.
Ish sharoitlari:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.
• Raqobatbardosh ish haqi.
• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati.
• Yirik va barqaror bankda ishlash imkoniyati.
• Zamonaviy ofis va qulay mehnat sharoitlari.
• Ahil jamoa va moslashuv davrida to‘liq qo‘llab-quvvatlash.
• Ish jadvali: 5/2.

Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости

04.08.2026 19:09:59
SQB O‘rta biznes markazi ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, xushmuomala, mas’uliyatli va faol bo‘lsangiz — sizni jamoamizda k ...

04.08.2026 18:26:17
SQB Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini shakllantirish va monitoring q ...


Дата последнего обновления: 04.08.2026 17:14  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send