“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Namangan BXOda kichik biznes menejeri lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi
09.09.2026 12:51
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Namangan BXO Mikro va kichik biznes bo‘limida mavjud Kichik biznes menejeri lavozimiga malakali va mas’uliyatli mutaxassisni ishga qabul qilish maqsadida ochiq tanlov e’lon qilinadi.
Asosiy vazifalar:
- yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish;
- mavjud mijozlar bazasida bank mahsulotlari qamrovini oshirish;
- mavjud mijozlarni qayta faollashtirish choralarini ko‘rish;
- mavjud va potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ularning talab va ehtiyojlarini aniqlash;
- mijozlarga ehtiyojlariga mos bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etish;
- kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash jarayonini muvofiqlashtirish;
- kredit mahsulotlari bo‘yicha zarur hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va rasmiylashtirish;
- kredit ajratish bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirish va belgilangan tartibda taqdim etish;
- kichik va o‘rta biznes subyektlariga hisob-raqam va kassa xizmatlari, paket xizmatlar, masofaviy bank xizmatlari, tashqi savdo xizmatlari, savdo terminallari va korporativ kartalarni taklif qilish;
- depozitlarni jalb qilish;
- mijozlarga amaldagi va yangi bank mahsulotlari hamda xizmatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish;
- mijozlar ma’lumotlarini tegishli dasturiy ta’minotga o‘z vaqtida kiritish va yangilab borish;
- belgilangan sotuv rejalari va KPI ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash;
- mijozlarning murojaatlari, taklif va e’tirozlarini o‘rganish hamda bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
- mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish;
- bankning ichki me’yoriy hujjatlari va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- oliy ma’lumotga ega bo‘lish (iqtisodiy yoki boshqa tegishli yo‘nalish);
- bank tizimida kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish;
- bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lish;
- kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- mijozlar bilan samarali muloqot va muzokara olib borish qobiliyati;
- rivojlangan sotuv ko‘nikmalari;
- mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati;
- rejalashtirish va belgilangan maqsadlarga erishish ko‘nikmasi;
- grammatik jihatdan to‘g‘ri va ravon nutq;
- mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz taklif qilamiz:
- barqaror bank tizimida ishlash imkoniyati;
- professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari;
- bank mahsulotlari va xizmatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
- o‘quv mashg‘ulotlari va professional treninglarda ishtirok etish imkoniyati;
- kasbiy o‘sish uchun imkoniyat.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar o‘z rezyumelarini quyidagi elektron manzilga yuborishlari mumkin:
hr@sqb.uz
Elektron xat mavzusida “Kichik biznes menejeri” deb ko‘rsatish so‘raladi.

41
Другие новости