Bo'sh ish o'rinlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB G‘aznachilik va treyding departamenti Strukturaviy bitimlar xizmatining yetakchi menejeri lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi


09.09.2026 13:03

Biz strukturaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish, hosilaviy moliyaviy instrumentlar va moliya bozorlari bilan ishlashga qiziqadigan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:

  • Strukturaviy bitimlar portfelini shakllantirish va rivojlantirish;
  • Derivativ vositalar yordamida xedjirlash strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Strukturaviy moliyaviy mahsulotlar qiymatini hisoblash va tahlil qilish;
  • Bozor, foiz va likvidlik risklarini tahlil qilish;
  • Mahalliy va xorijiy moliya bozorlaridagi tendensiyalarni tahlil qilish;
  • Yangi strukturaviy moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Yirik va murakkab strukturaviy bitimlarni ko‘rib chiqish va rahbariyatga taqdim etish;
  • Strukturaviy bitimlar bo‘yicha tahliliy materiallar va hisobotlarni tayyorlash;
  • ALCO va boshqa kollegial organlar uchun materiallar tayyorlash;
  • Bankning tegishli bo‘linmalari bilan samarali hamkorlik qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot;
Bank tizimida kamida 2 yil ish tajribasi;
Moliya bozorlari, qimmatli qog‘ozlar, derivativlar va strukturaviy moliyaviy mahsulotlar bo‘yicha bilim;
Moliyaviy tahlil va risklarni baholash ko‘nikmalari;
Samarali kommunikatsiya va jamoada ishlash qobiliyati;
Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz
elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB jamoasiga qo‘shiling va Gʻaznachilik va treyding yo‘nalishida professional rivojlaning!



Другие новости

22.10.2026 11:52:59
SQB shartnoma majburiyatlari monitoringi bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti. Asosiy vazifalar: ...

22.10.2026 10:22:49
SQB bank xizmatlari ofisi nazoratchisi (bosh buxgalteri) lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent viloyati. Asosiy vazifalar: Bank operatsiyalarining ...

21.10.2026 16:46:52
SQB Farg'ona BXO, Sirdaryo BXO va Kirguli BXMlariga biznes bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribag ...


Дата последнего обновления: 09.09.2026 18:29  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send