“O‘zsanoatqurilishbank” ATB G‘aznachilik va treyding departamenti Strukturaviy bitimlar xizmatining yetakchi menejeri lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi


09.09.2026 13:03

Biz strukturaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish, hosilaviy moliyaviy instrumentlar va moliya bozorlari bilan ishlashga qiziqadigan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:

  • Strukturaviy bitimlar portfelini shakllantirish va rivojlantirish;
  • Derivativ vositalar yordamida xedjirlash strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Strukturaviy moliyaviy mahsulotlar qiymatini hisoblash va tahlil qilish;
  • Bozor, foiz va likvidlik risklarini tahlil qilish;
  • Mahalliy va xorijiy moliya bozorlaridagi tendensiyalarni tahlil qilish;
  • Yangi strukturaviy moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Yirik va murakkab strukturaviy bitimlarni ko‘rib chiqish va rahbariyatga taqdim etish;
  • Strukturaviy bitimlar bo‘yicha tahliliy materiallar va hisobotlarni tayyorlash;
  • ALCO va boshqa kollegial organlar uchun materiallar tayyorlash;
  • Bankning tegishli bo‘linmalari bilan samarali hamkorlik qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot;
Bank tizimida kamida 2 yil ish tajribasi;
Moliya bozorlari, qimmatli qog‘ozlar, derivativlar va strukturaviy moliyaviy mahsulotlar bo‘yicha bilim;
Moliyaviy tahlil va risklarni baholash ko‘nikmalari;
Samarali kommunikatsiya va jamoada ishlash qobiliyati;
Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz
elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB jamoasiga qo‘shiling va Gʻaznachilik va treyding yo‘nalishida professional rivojlaning!



Boshqa yangiliklar

09/09/2026 06:19:41 pm
Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti Yuridik majburiyatlarni monitoring qilish xizmati Kichik menejeri

Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti Yuridik majburiyatlarni monitoring qilish xizmati Kich ...

09/09/2026 05:53:31 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Namangan BXOda kichik biznes menejeri lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Namangan BXO Mikro va kichik biznes bo‘limida mavjud Kichik biznes menejeri lavoz ...

09/09/2026 04:09:26 pm
O‘rta biznes markazi Mijozlar koordinatori va RM xizmati Menejeri

Lavozim vazifalari: ·         O‘rta biznes segmentiga mansub ya ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.09.2026 18:29  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит