Bo'sh ish o'rinlari

Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti Yuridik majburiyatlarni monitoring qilish xizmati Kichik menejeri


09.09.2026 13:19

Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti
Yuridik majburiyatlarni monitoring qilish xizmati Kichik menejeri

Ish joyi: Toshkent shahri

Asosiy vazifalar:

  • Davlat xaridlarining elektron tizimida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;

  • Yetkazib beruvchilar tomonidan tovar, ish va xizmatlarning shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib berilishini monitoring qilish;

  • Bank omboriga tovarlarni kirim qilish jarayonida ishtirok etish;

  • IABS dasturining “Shartnomalarni hisobga olish” moduliga kiritilgan shartnomalar va tegishli hujjatlarni tekshirish;

  • Yetkazib berilayotgan tovar, ish va xizmatlarning texnik topshiriq hamda shartnoma shartlariga muvofiqligini nazorat qilish;

  • Shartnoma shartlari buzilgan hollarda tegishli choralarni ko‘rish;

  • Yetkazib beruvchi tomonidan majburiyatlar o‘z vaqtida yoki umuman bajarilmagan taqdirda penya va boshqa to‘lovlarni undirish bo‘yicha talabnomalarni tayyorlash hamda tegishli hujjatlarni Yuridik departamentiga kiritish;

  • Bankning biznes-rejasini shakllantirish jarayonida tashabbuskor bo‘linmalardan zarur ma’lumotlarni yig‘ish;

  • Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi va Bank rahbariyatiga taqdim etiladigan zarur ma’lumotlarni tayyorlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Oliy iqtisodiy ma’lumot;

Bank-moliya yo‘nalishida kamida 1 yil ish tajribasi;

Shartnomalar, xarid jarayonlari va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi;

Analitik fikrlash va ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;

MS Office va axborot tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi;

Mas’uliyatlilik, e’tiborlilik va jamoada ishlash qobiliyati.

Rezyumelaringizni: hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости

23.10.2026 11:31:46
SQB Namangan bank xizmatlari ofisining kichik mijozlar menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi

 Asosiy vazifalar:   • Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish; ...

22.10.2026 11:52:59
SQB shartnoma majburiyatlari monitoringi bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti. Asosiy vazifalar: ...

22.10.2026 10:22:49
SQB bank xizmatlari ofisi nazoratchisi (bosh buxgalteri) lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent viloyati. Asosiy vazifalar: Bank operatsiyalarining ...


Дата последнего обновления: 09.09.2026 18:36  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send