Bo'sh ish o'rinlari

SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Risklarni boshqarish, hujjat va davlat organlari bilan ishlash guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


03.08.2026 14:43

Axborot xavfsizligi sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Potensial tahdidlarni aniqlash, ularning amalga oshish ehtimoli va mumkin bo‘lgan zararini baholash.
• Axborot xavfsizligi xavflarining yagona reyestrini yuritish, tahdidlarni ustuvorlashtirish va ularni kamaytirish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish.
• Tahdid va huquqbuzar modellarini ishlab chiqish hamda yangilash.
• Ichki me’yoriy hujjatlarni (Axborot xavfsizligi siyosati, konsepsiyalar, foydalanish qoidalari, xavfsiz ishlab chiqish standartlari va boshqalar) ishlab chiqish.
• Tartibga soluvchi davlat organlari bilan hamkorlik qilish, so‘rovlarga javoblar tayyorlash.
• Davlat inspeksiyalari va tashqi axborot xavfsizligi auditlari vaqtida ishlarni muvofiqlashtirish.
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.
• Loyihalarni rejalashtirish, muddatlar va sifatni nazorat qilish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablarini bilish.
• Ichki siyosatlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish ko‘nikmasi.
• Mas’uliyat, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 5.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

04.08.2026 19:09:59
SQB O‘rta biznes markazi ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, xushmuomala, mas’uliyatli va faol bo‘lsangiz — sizni jamoamizda k ...

04.08.2026 18:26:17
SQB Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini shakllantirish va monitoring q ...


Дата последнего обновления: 03.08.2026 14:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send