Bo'sh ish o'rinlari

SQB O‘rta biznes markazi ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


04.08.2026 19:09

Agar siz mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, xushmuomala, mas’uliyatli va faol bo‘lsangiz — sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:

• Markazga tashrif buyurgan mijozlarni kutib olish va tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish.

• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha dastlabki maslahat berish.

• Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga sifatli xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish.

• Mijozlarga choy, qahva va salqin ichimliklar taklif qilish.

• Mijozlar oqimini samarali boshqarish.

• Mijozlarga onlayn bank xizmatlari va SQB Mobile mobil ilovasidan foydalanish bo‘yicha tushuntirish berish hamda ulanish jarayonida ko‘maklashish.

• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va kutish zonalarida tartib hamda tozalikni ta’minlash.

• Kiruvchi murojaatlar va hujjatlarni qabul qilish hamda tegishli bo‘linmalarga yo‘naltirish.

• Mijozlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ko‘maklashish.

• Bank mahsulotlari bo‘yicha kross-sotuvlarni amalga oshirish.

• Belgilangan KPI ko‘rsatkichlarini bajarish va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha rahbariyatga hisobot taqdim etish.

Talablar:

• Oliy, ayrim hollarda o‘rta maxsus yoki professional ta’lim.

• O‘zbek tilida ravon va grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlasha olish.

• Rus tilini bilish ustunlik beradi.

• Mijozlar bilan samarali muloqot qilish va uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish ko‘nikmasi.

• Xushmuomalalik, mas’uliyatlilik va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya qilish.

• Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalana olish.

• Jamoada ishlash va stressli vaziyatlarda samarali faoliyat yurita olish.

Ish sharoitlari:

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.

• Barqaror va nufuzli bankda ishlash imkoniyati.

• Raqobatbardosh ish haqi.

• Kasbiy rivojlanish va muntazam treninglarda ishtirok etish imkoniyati.

• Do‘stona va professional jamoada ishlash muhiti.

• Martaba o‘sishi uchun imkoniyat.

Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости

15.09.2026 18:07:22
SQB Axborot texnologiyalari departamenti Mikroservis arxitekturasi xizmati 3-mahsulot jamoasi guruhi kichik dasturchi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Dasturlash, ma’lumotlar bilan ishlash, mikroservis arxitekturasi va zamonaviy bank axborot tizimlarini rivojlantirishga ...

15.09.2026 12:33:34
QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA MENEJER

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) o‘z jamoasiga Qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga xodimn ...


Дата последнего обновления: 04.08.2026 19:09  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send