Agar siz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini shakllantirish va monitoring qilish hamda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida ishtirok etishni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini izlash, o‘rganish va tahlil qilish.
• Bank tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishini nazorat qilish.
• Hududlarning investitsiyaviy salohiyatini tahlil qilish va yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish.
• Biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslar, tahliliy materiallar va taqdimotlar tayyorlash.
• Davlat organlari, tadbirkorlar, tarmoq uyushmalari hamda Bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.
• Davlat dasturlari va investitsiya loyihalari bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.
• Bank rahbariyati uchun hisobotlar va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
• Vakolat doirasidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
Talablar:
• Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, investitsiyalar yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot.
• Bank tizimida kamida ikki yillik ish tajribasi.
• Investitsiya loyihalarini tahlil qilish, biznes-rejalar va moliyaviy modellar tayyorlash ko‘nikmalari.
• Investitsion kreditlash va loyihaviy moliyalashtirish bo‘yicha bilim.
• MS Excel, Word va PowerPoint dasturlaridan yaxshi foydalana olish.
• Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash qobiliyati.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
Ish sharoitlari:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.
• Respublikadagi yetakchi banklardan birida ishlash imkoniyati.
• Yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etish.
• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi uchun keng imkoniyatlar.
• Raqobatbardosh ish haqi.
• Korporativ o‘quv va rivojlanish dasturlari.
Rezyumeni yuborish tartibi: Rezyumelaringizni 2026-yil 7-avgustga qadar hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.
Ma’lumotlarni boshqarish, tizimli tahlil va IT loyihalarini ishlab chiqish yo‘nalishida ta ...
Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtiro ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti Korporativ biznes subyektlar ...

