SQB Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


04.08.2026 18:25

Agar siz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini shakllantirish va monitoring qilish hamda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida ishtirok etishni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:

• Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini izlash, o‘rganish va tahlil qilish.

• Bank tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishini nazorat qilish.

• Hududlarning investitsiyaviy salohiyatini tahlil qilish va yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish.

• Biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslar, tahliliy materiallar va taqdimotlar tayyorlash.

• Davlat organlari, tadbirkorlar, tarmoq uyushmalari hamda Bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.

• Davlat dasturlari va investitsiya loyihalari bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.

• Bank rahbariyati uchun hisobotlar va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

• Vakolat doirasidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

Talablar:

• Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, investitsiyalar yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot.

• Bank tizimida kamida ikki yillik ish tajribasi.

• Investitsiya loyihalarini tahlil qilish, biznes-rejalar va moliyaviy modellar tayyorlash ko‘nikmalari.

• Investitsion kreditlash va loyihaviy moliyalashtirish bo‘yicha bilim.

• MS Excel, Word va PowerPoint dasturlaridan yaxshi foydalana olish.

• Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash qobiliyati.

• O‘zbek va rus tillarini bilish.

Ish sharoitlari:

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.

• Respublikadagi yetakchi banklardan birida ishlash imkoniyati.

• Yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etish.

• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi uchun keng imkoniyatlar.

• Raqobatbardosh ish haqi.

• Korporativ o‘quv va rivojlanish dasturlari.

Rezyumeni yuborish tartibi: Rezyumelaringizni 2026-yil 7-avgustga qadar hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

08/07/2026 04:48:52 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Ma’muriy xo‘jalik departamenti

Tarmoqlarda ma’muriy xo‘jalik guruhlari Toshkent shahar ma’muriy xo‘jalik guruhi (Yunusobod BXM) ...

08/07/2026 11:27:40 am
SQB Qashqadaryo BXOga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...

08/07/2026 09:57:00 am
SQB Valyuta operatsiyalari guruhi kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz xalqaro valyuta operatsiyalari va hujjatli tranzaksiyalar yo‘nalishida ishlash hamda professional rivojl ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2026 18:26  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит