SQB Bank Chakana biznes departamenti Chakana mahsulotlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
06.07.2026 10:24
Chakana biznesni rivojlantirish, kredit mahsulotlarini boshqarish hamda bank tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega rahbarlarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Bank tarmoqlarida jismoniy shaxslarga kredit ajratishning ikkinchi bosqich jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
• Bank filiallari va hududiy bo‘linmalar menejerlariga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish.
• Bank tarmoqlari xodimlarini kredit mahsulotlari va biznes jarayonlari bo‘yicha muntazam o‘qitish va rivojlantirish.
• Bosh bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish.
• Chakana kreditlash jarayonlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Bank tarmoqlarida kreditlash jarayonlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini monitoring qilish.
• Kredit mahsulotlari va biznes jarayonlari bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish.
• Bank rahbariyatiga tahliliy hisobotlar va takliflar taqdim etish.
Talablar:
• Oliy ma'lumot.
• Bank tizimida kamida 10 yillik ish tajribasi.
• Bank filiallari yoki Bosh bank tizimida mutaxassis, rahbar yoki rahbar o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan bo‘lishi.
• Chakana biznes, ayniqsa kredit mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha chuqur bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lishi.
• Bosh bank va filiallar o‘rtasidagi ish jarayonlarini tashkil etish tajribasi.
• iABS va CRM tizimlarini mukammal bilishi.
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatishga oid me'yoriy hujjatlari va bank ichki tartiblarini yaxshi bilishi.
• Rus tilini bilishi, ingliz tilini bilishi ustunlik hisoblanadi.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 6.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

236
Другие новости