Bo'sh ish o'rinlari

SQB Bank kartalari tizimlarini qo‘llab-quvvatlash departamenti To‘lov tizimlari va hamkorlar bilan ishlash xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


03.08.2026 11:26

Biz xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlash tajribasiga ega, bank kartalari mahsulotlarini rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Visa, Mastercard va UnionPay xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlik qilish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish.
• Xalqaro to‘lov tizimlarining yangi xizmatlarini monitoring qilish, tahlil qilish va ularni bankda joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
• Xalqaro to‘lov tizimlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni tayyorlash va yuborish.
• Yangi karta mahsulotlarini konfiguratsiya qilish va ishga tushirish jarayonida ishtirok etish.
• Joriy etilgan o‘zgarishlardan so‘ng karta mahsulotlarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish.
• Xalqaro to‘lov tizimlari va hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida hamkorlikni tashkil etish.
• Bank kartalari asosidagi yangi xizmatlarni joriy etishda xalqaro to‘lov tizimlari, dasturiy ta’minot yetkazib beruvchilari va boshqa hamkorlar bilan ishlash.
• Bankning xalqaro to‘lov tizimlariga a’zo bo‘lish jarayonlarini tashkil etish va hamkorlikni rivojlantirish.

Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki texnik ma’lumot.
• Shu yoki o‘xshash lavozimda kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Karta protsessing tizimlari ishlash tamoyillarini bilish.
• Bank karta mahsulotlari bilan ishlash tajribasi.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• Ingliz va rus tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 6.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

04.08.2026 19:09:59
SQB O‘rta biznes markazi ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, xushmuomala, mas’uliyatli va faol bo‘lsangiz — sizni jamoamizda k ...

04.08.2026 18:26:17
SQB Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini shakllantirish va monitoring q ...


Дата последнего обновления: 04.08.2026 15:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send