Bo'sh ish o'rinlari

SQB Farg‘ona BXO Davlat dasturlari bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


28.07.2026 15:01

Agar siz strategik boshqaruv, davlat dasturlari ijrosi va jamoani samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Prezident topshiriqlari asosida mahallalarda yangi muhitni shakllantirish va mahalla yettiligi faoliyatini tashkil etish.
• Mahalla bankirlari va agentlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.
• Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
• PQ-312 qarori asosida kredit loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• "Mahalla loyihasi", "Biznesga birinchi qadam", "Sayxun tajribasi" va "Uychi tajribasi" loyihalari ijrosini tashkil etish.
• Mikroloyihalar rejasining bajarilishini ta’minlash.
• Biriktirilgan tuman va shaharlar bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarning kredit qarzdorligini undirish jarayonlarini tahlil qilish.
• Hisobotlarni tayyorlash hamda ichki mehnat tartibi va Odob-axloq kodeksi talablariga rioya qilish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 5 yillik ish tajribasi.
• Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, hisobot tayyorlash va monitoring olib borish ko‘nikmalari.
• Analitik fikrlash, mas’uliyat, natijaga yo‘naltirilganlik.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 30.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

30.07.2026 17:50:49
SQB Toshkent viloyati bank xizmatlari ofisiga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...

29.07.2026 17:55:52
SQB Sirdaryo BXO Universal servis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda oper ...


Дата последнего обновления: 28.07.2026 15:02  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send