SQB Farg‘ona BXO Davlat dasturlari bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
28.07.2026 15:01
Agar siz strategik boshqaruv, davlat dasturlari ijrosi va jamoani samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Prezident topshiriqlari asosida mahallalarda yangi muhitni shakllantirish va mahalla yettiligi faoliyatini tashkil etish.
• Mahalla bankirlari va agentlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.
• Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
• PQ-312 qarori asosida kredit loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• "Mahalla loyihasi", "Biznesga birinchi qadam", "Sayxun tajribasi" va "Uychi tajribasi" loyihalari ijrosini tashkil etish.
• Mikroloyihalar rejasining bajarilishini ta’minlash.
• Biriktirilgan tuman va shaharlar bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarning kredit qarzdorligini undirish jarayonlarini tahlil qilish.
• Hisobotlarni tayyorlash hamda ichki mehnat tartibi va Odob-axloq kodeksi talablariga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 5 yillik ish tajribasi.
• Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, hisobot tayyorlash va monitoring olib borish ko‘nikmalari.
• Analitik fikrlash, mas’uliyat, natijaga yo‘naltirilganlik.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 30.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

78
Boshqa yangiliklar