Bo'sh ish o'rinlari

SQB O‘rta biznes markazining Garov ta’minotini baholash va monitoring qilish xizmati yetakchi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


15.07.2026 12:18

Garov ta’minotini baholash, monitoring qilish va kredit xavflarini boshqarish yo‘nalishida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Kreditlar bo‘yicha garovga taqdim etilayotgan mol-mulkni joyiga chiqib baholash.
• Garov ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlarni tahlil qilish.
• Akkreditatsiyadan o‘tgan baholovchi tashkilotlar orqali mol-mulkning bozor qiymatini mustaqil baholatishni tashkil etish.
• Garov ta’minoti bo‘yicha ko‘rik va tahlil natijalari yuzasidan xulosalar tayyorlash.
• Garov ta’minotini kamida har 6 oyda bir marta monitoring qilish va tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish.
• Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish.
• Avtokredit va ipoteka kreditlari bo‘yicha garov shartnomalarini davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish.
• Kredit mablag‘lari hisobidan xarid qilinayotgan uskuna va mol-mulkni joyiga chiqib ko‘zdan kechirish.
• Kredit shartlari o‘zgarganda yoki garov predmeti almashtirilganda tegishli hujjatlarni tayyorlash.
• Mol-mulk qiymatining mustaqil baholovchilar hisobotlariga muvofiqligini tekshirish.
• Garov ta’minoti qiymatini kelishish dalolatnomalarini tayyorlash.
• Mustaqil baholash hisobotlari, xulosalar, mol-mulk fotosuratlari va boshqa hujjatlarni iABS tizimiga yuklash.
• Kredit qo‘mitasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha shartlar bajarilishini nazorat qilish.
• EHA elektron hujjat aylanishi tizimida kelib tushgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy, moliyaviy yoki bank ishi yo‘nalishida).
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• O‘zbekiston Respublikasi bank qonunchiligini bilish.
• Kreditlash va garov ta’minoti bilan ishlash jarayonlarini tushunish.
• Hujjatlarni tahlil qilish va xulosalar tayyorlash tajribasi.
• Mas’uliyat, tafsilotlarga e’tibor va analitik fikrlash.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 17.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.




Другие новости

15.07.2026 17:56:27
SQB Undiruv markazi Dasturiy ta’minot xizmati kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bankning undirish jarayonlarini avtomatlashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirish va t ...

15.07.2026 15:59:48
Yetakchi operator (telefon orqali sotuv)

Ish joyi: Bosh ofis Bandlik turi: Doimiy, to‘liq stavka Ish jadvali: Dushanba – Juma, 09:00–18:00 ...

15.07.2026 15:58:54
Bosh operator

Biz mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, sotuvni yaxshi ko‘radigan va zamonaviy bank jamoasida rivojlanishni i ...


Дата последнего обновления: 15.07.2026 12:18  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send