Bo'sh ish o'rinlari

Yetakchi operator (telefon orqali sotuv)


15.07.2026 15:58

Ish joyi: Bosh ofis
Bandlik turi: Doimiy, to‘liq stavka
Ish jadvali: Dushanba – Juma, 09:00–18:00

Asosiy vazifalar
• Amaldagi yuridik shaxslar mijozlar bazasi bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish.
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha professional maslahat berish.
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash, bank mahsulotlarini taqdim etish va telefon orqali sotuvlarni amalga oshirish.
• Mijozlar bazasini yangilash hamda kontakt ma'lumotlarining to‘g‘riligini tekshirish.
• Qo‘ng‘iroqlar natijalarini CRM tizimiga kiritish.
• Qo‘ng‘iroqlar soni, xizmat sifati va sotuvlar bo‘yicha belgilangan KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
• Bankning xizmat ko‘rsatish standartlari va ichki reglamentlariga rioya qilish.

Talablar
• O‘rta maxsus yoki oliy ma'lumot.
• Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Telefon orqali sotuvlar va faol sotuv ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
• Kuchli muloqot ko‘nikmalari, mas'uliyat, natijaga yo‘naltirilganlik va maqsadga intiluvchanlik.
• CRM tizimlarida ishlash tajribasi ustunlik beradi.

Biz taklif qilamiz
• Rasmiy ishga qabul qilish.
• Raqobatbardosh ish haqi: fiks + KPI.
• Zamonaviy bosh ofisda ishlash.
• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyatlari.
• Ahil jamoa va moslashuv davrida qo‘llab-quvvatlash.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
 




Другие новости

15.07.2026 17:56:27
SQB Undiruv markazi Dasturiy ta’minot xizmati kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bankning undirish jarayonlarini avtomatlashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirish va t ...

15.07.2026 15:58:54
Bosh operator

Biz mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, sotuvni yaxshi ko‘radigan va zamonaviy bank jamoasida rivojlanishni i ...


Дата последнего обновления: 15.07.2026 15:59  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send