Bo'sh ish o'rinlari

SQB Undiruv markazi Dasturiy ta’minot xizmati kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


15.07.2026 17:55

Bankning undirish jarayonlarini avtomatlashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirish va tahliliy jarayonlarda ishtirok etishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Qarzdorlikni undirish kanallari (SMS, telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta, PUSH-xabarnomalar va boshqa aloqa kanallari) samaradorligini tahlil qilish.
• Undirish jarayonlari samaradorligi bo‘yicha haftalik tahliliy hisobotlarni tayyorlash.
• Qarzdorlikni undirish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotni rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etish.
• Yangi funksiyalarni joriy etish va mavjud yechimlarni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Dasturiy ta’minotni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tashqi ishlab chiquvchilar (Vendor) bilan hamkorlik qilish.
• Axborot texnologiyalari departamenti va pudratchilar bilan birgalikda dasturiy ta’minotdagi xatolarni aniqlash hamda ularning tezkor bartaraf etilishini nazorat qilish.
• Dasturiy ta’minotning yangi versiyalarini ishlab chiqarish muhitiga joriy etishdan oldin testdan o‘tkazish.
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan xizmat vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha yozishmalarni yuritish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari yoki texnik yo‘nalishlarda).
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bank jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyillarini tushunish.
• IT jamoalari yoki dasturchilar bilan ishlash tajribasi ustunlik hisoblanadi.
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash ko‘nikmasi.
• Mas’uliyatlilik, sinchkovlik va analitik fikrlash.
• Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilish qobiliyati.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 17.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

15.07.2026 15:59:48
Yetakchi operator (telefon orqali sotuv)

Ish joyi: Bosh ofis Bandlik turi: Doimiy, to‘liq stavka Ish jadvali: Dushanba – Juma, 09:00–18:00 ...

15.07.2026 15:58:54
Bosh operator

Biz mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, sotuvni yaxshi ko‘radigan va zamonaviy bank jamoasida rivojlanishni i ...


Дата последнего обновления: 15.07.2026 17:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send