Yetakchi operator (telefon orqali sotuv)


15.07.2026 15:58

Ish joyi: Bosh ofis
Bandlik turi: Doimiy, to‘liq stavka
Ish jadvali: Dushanba – Juma, 09:00–18:00

Asosiy vazifalar
• Amaldagi yuridik shaxslar mijozlar bazasi bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish.
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha professional maslahat berish.
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash, bank mahsulotlarini taqdim etish va telefon orqali sotuvlarni amalga oshirish.
• Mijozlar bazasini yangilash hamda kontakt ma'lumotlarining to‘g‘riligini tekshirish.
• Qo‘ng‘iroqlar natijalarini CRM tizimiga kiritish.
• Qo‘ng‘iroqlar soni, xizmat sifati va sotuvlar bo‘yicha belgilangan KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
• Bankning xizmat ko‘rsatish standartlari va ichki reglamentlariga rioya qilish.

Talablar
• O‘rta maxsus yoki oliy ma'lumot.
• Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Telefon orqali sotuvlar va faol sotuv ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
• Kuchli muloqot ko‘nikmalari, mas'uliyat, natijaga yo‘naltirilganlik va maqsadga intiluvchanlik.
• CRM tizimlarida ishlash tajribasi ustunlik beradi.

Biz taklif qilamiz
• Rasmiy ishga qabul qilish.
• Raqobatbardosh ish haqi: fiks + KPI.
• Zamonaviy bosh ofisda ishlash.
• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyatlari.
• Ahil jamoa va moslashuv davrida qo‘llab-quvvatlash.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
 




07/15/2026 05:56:27 pm
SQB Undiruv markazi Dasturiy ta’minot xizmati kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bankning undirish jarayonlarini avtomatlashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirish va t ...

07/15/2026 03:58:54 pm
Bosh operator

Biz mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, sotuvni yaxshi ko‘radigan va zamonaviy bank jamoasida rivojlanishni i ...

07/15/2026 12:18:54 pm
SQB O‘rta biznes markazining Garov ta’minotini baholash va monitoring qilish xizmati yetakchi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Garov ta’minotini baholash, monitoring qilish va kredit xavflarini boshqarish yo‘nalishida ...


Last updated date: 15.07.2026 15:59  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит