Bo'sh ish o'rinlari

SQB Qatortol BXM ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov e’lon qiladi


15.09.2026 05:29

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz!

 Asosiy vazifalar:

  • bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha mijozlarga to‘liq va sifatli maslahat berish, yangi mahsulotlarni targ‘ib qilish;
  • mijozlarni bank mahsulotlariga jalb qilish, mobil ilovaga ulash, bank kartalarini rasmiylashtirish va omonatlarga mablag‘ jalb etish;
  • chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;
  • mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga mos bank mahsulotlarini taklif etish va kross-sotuvlarni amalga oshirish;
  • mijozlar oqimini boshqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonini muvofiqlashtirish;
  • 24/7 va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonalarida mijozlarga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • murojaatlar va kiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda tegishli bo‘linmalarga yo‘naltirish;
  • amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha rahbariyatga hisobot taqdim etish.

 Talablar:

  • oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
  • stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik;
  • mijozga yo‘naltirilganlik va mas’uliyatlilik.

 Ish joyi: Qatortol BXM

 Rezyumeni 2026-yil 20-sentabrga qadar hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости

18.09.2026 15:00:49
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining yuridik mijozlar kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi yuridik mijozlar va YTTlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish. • Sovuq ...

18.09.2026 14:59:59
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizo ...

18.09.2026 14:56:53
SQB Toshkent shahar BXOga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...


Дата последнего обновления: 18.09.2026 10:36  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send