Bo'sh ish o'rinlari

SQB Qoraqalpog‘iston bank xizmatlari ofisi Taxiatosh tumani 2 ta Mahalla bankiri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


06.07.2026 14:29

Biz aholining tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bank xizmatlarini keng ommaga yetkazishda faol ishtirok etadigan tashabbuskor hamda mas’uliyatli mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Biriktirilgan mahallalarda aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.
• Hokim yordamchilari bilan hamkorlikda aholining tadbirkorlik salohiyatini o‘rganish.
• Istiqbolli biznes g‘oyalarni aniqlash va ularni bank moliyalashtiruvi orqali amalga oshirishga ko‘maklashish.
• Moliyalashtirish olgan mijozlarni kuzatib borish va biznes yuritish bo‘yicha maslahatlar berish.
• Bank mahsulotlari va moliyaviy xizmatlarni aholi o‘rtasida targ‘ib qilish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish.
• Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
• Tadbirkorlar, aholi va mahalliy davlat organlari o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish.
• Biriktirilgan mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘maklashish.
• Ajratilgan kreditlar bo‘yicha muammoli qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha ishlarni olib borish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• O‘zbek tilini erkin bilish.
• Rus tilini bilish ustunlik hisoblanadi.
• Aholi bilan faol ishlash va biriktirilgan hududlarga muntazam chiqishga tayyor bo‘lish.
• Muzokaralar olib borish va mijozlarga maslahat berish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Bank, moliya, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yoki tadbirkorlik sohasidagi tajriba ustunlik hisoblanadi.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости

25.08.2026 17:10:04
SQB Olmazor bank xizmatlari markaziga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtiro ...

25.08.2026 16:44:26
Korporativ biznes subyektlari loyihalarini tahlil qilish xizmati yetakchi menejeri

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti Korporativ biznes subyektlar ...


Дата последнего обновления: 06.07.2026 14:29  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send