Bo'sh ish o'rinlari

SQB Qoraqalpog'iston Respublikasi BXOga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


05.08.2026 18:44

Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtirok etishga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni faollashtirish va ularning ehtiyojlarini aniqlash.
• Hisob-raqamlar, kreditlar, depozitlar, masofaviy bank xizmatlari va korporativ kartalarni taklif qilish hamda sotish.
• Kichik va o‘rta biznes loyihalarini tahlil qilish va mijozlarning kredit layoqatini baholash.
• Kredit hujjatlari yig‘ma jildini shakllantirish hamda kredit ajratish jarayonini muvofiqlashtirish.
• Mijoz hujjatlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish.
• Mijozlar ma’lumotlarini bank axborot tizimlariga kiritish va yangilab borish.
• Yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ta’minlash hamda xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Markaziy bank talablari va AML/CFT qoidalariga muvofiq mijozlarni identifikatsiyalash hamda ichki me’yoriy hujjatlarga rioya qilish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
• Kreditlash jarayonlari va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 08.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

05.08.2026 18:42:09
SQB Qo'qon BXM Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Katta universal servis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi. 

Biz yuridik mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ishlashni istagan, o‘rganishga tayyor va mas’uliyatli mutaxassislarni ...

05.08.2026 18:41:18
SQB Toshkent viloyati BXO va Chirchiq BXMga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...


Дата последнего обновления: 05.08.2026 18:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send