SQB Raqamli biznes departamentining Raqamli dasturlash xizmati Chakana raqamli yechimlarni ishlab chiqish guruhi Katta menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
12.08.2026 14:42
Biz biznes talablarini tahlil qilish, texnik yechimlarni ishlab chiqish va raqamli mahsulotlarni rivojlantirish sohasida tajribaga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • Biznes talablarini tahlil qilish va texnik yechimlar ishlab chiqish • Server tomonidagi funksionallarni ishlab chiqish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash • Tizim va modullarni optimallashtirish • Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash jarayonlarini loyihalash • Integratsiya xizmatlari va interfeyslarini yaratish • Kod sifatini ta’minlash, testlarni o‘tkazish va xatoliklarni bartaraf etish • Versiyalarni boshqarish (Git) • Texnik hujjatlarni tayyorlash • Loyiha jamoasi bilan hamkorlik qilish • Tizimlar monitoringini amalga oshirish • Yangi funksiyalarni ishlab chiqish va joriy etish • Axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish • Yangi texnologiyalar va yechimlarni joriy etish • EHA orqali kelgan xatlarni ko‘rib chiqish
Talablar: • Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki axborot texnologiyalari, marketing, dizayn va boshqa tegishli yo‘nalishlarda) • Bank yoki IT sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi • Biznes tahlili va texnik yechimlarni ishlab chiqish ko‘nikmalari • Server funksionallari, ma’lumotlarni qayta ishlash, integratsiya va interfeyslar bilan ishlash tajribasi • Kod sifati va Git bilan ishlash ko‘nikmalari • Testlash va tizimlarni monitoring qilish bo‘yicha bilimlar • Axborot xavfsizligi bo‘yicha tushuncha • Yangi texnologiyalar va yechimlarni o‘zlashtirish qobiliyati • MS Office, bank axborot tizimlari, CRM/ERP, Excel va Power BI bilan ishlash ko‘nikmalari • Muloqotga kirishuvchanlik, mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik • Aniqlik va diqqatlilik • Jamoada ishlash ko‘nikmasi • Stressga chidamlilik • O‘zbek tilini bilish, rus tilini bilish ustunlik beradi
Rezyumelarni Telegram orqali yuborishingiz mumkin: @Kadriya_Maxmudovna