SQB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti Ta'lim va rivojlantirish xizmati Yetakchi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
25.06.2026 11:18
Ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv metodologiyasini yaratish va zamonaviy o‘quv kontentlarini tayyorlash bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Onlayn va oflayn ta'lim dasturlari hamda o‘quv kurslarini ishlab chiqish.
• O‘quv jarayonining metodologiyasini yaratish (o‘quv tuzilmasi, ssenariylar, keyslar va o‘quv modullarini ishlab chiqish).
• Taqdimotlar, videolar, testlar va tarqatma materiallar ko‘rinishidagi o‘quv kontentini tayyorlash.
• O‘quv materiallarini o‘zbek va rus tillarida standartlashtirish.
• Xodimlarning bilimini baholash tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish.
• Mavjud o‘quv materiallarini muntazam yangilab borish.
Talablar:
• Oliy ma'lumot.
• Ta'lim, ilm-fan yoki jurnalistika yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
Kasbiy ko‘nikmalar:
• Ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va metodologik qo‘llab-quvvatlash tajribasi.
• O‘quv maqsadlari, o‘quv yo‘nalishlari, modullar, keyslar va amaliy topshiriqlarni loyihalash ko‘nikmasi.
• O‘quv kurslari, testlar, baholash vositalari va tarqatma materiallarni ishlab chiqish tajribasi.
• Ta'lim samaradorligini baholash va bilimlarni tekshirish tizimini yaratish bo‘yicha bilim.
• Me'yoriy hujjatlar bilan ishlash va ularni ishlab chiqish ko‘nikmasi.
• Ekspert bilimlarini tizimlashtirish va o‘quv formatiga moslashtirish qobiliyati.
• MS PowerPoint, Word va Excel dasturlarini mukammal bilish.
• LMS platformalari bilan ishlash (kontent joylashtirish, kurslar, testlar va hisobotlarni sozlash) tajribasi ustunlik hisoblanadi.
• Yirik tashkilotlarda ishlaganlik tajribasi ustunlik hisoblanadi.
Shaxsiy sifatlar:
• Tizimli fikrlash.
• Ma'lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish qobiliyati.
• Yuqori savodxonlik va tafsilotlarga e'tibor.
• Natija va sifatga yo‘naltirilganlik.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 08.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

10
Другие новости