SQB Bank Moliyaviy menejment markazi Moliyaviy jarayonlarni robotlashtirish va Sun’iy intellekt (AI)ni rivojlantirish xizmati Kichik menejer lavozimiga nomzodlarni tashqi tanlov asosida ishga taklif etadi.
09.07.2026 17:10
Sun’iy intellekt (AI) loyihalarini muvofiqlashtirish, loyiha hujjatlari bilan ishlash hamda analitik va tashkiliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
SIZNING VAZIFALARINGIZ:
Sun’iy intellekt (AI) loyihalari bo‘yicha vazifalar bayonnomalarini yuritish;
AI loyihalari doirasidagi vazifalar ijrosini monitoring qilish va ularning holatini muntazam yangilab borish;
Uchrashuvlarni tashkiliy jihatdan tayyorlash hamda zarur materiallarni ishtirokchilarga tarqatish;
Bayonnomalar va loyiha hujjatlari arxivini yuritish;
Rahbariyat uchun hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
AI loyihalari bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish va vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish;
O‘z vakolati doirasida amaldagi qonunchilik hamda bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
NOMZODDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI:
Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot;
Kamida 2 yillik ish tajribasi;
Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko‘nikmasi;
Sun’iy intellekt (AI) va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish;
Analitik va mantiqiy fikrlash qobiliyati;
O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
KASBIY KO‘NIKMALAR:
Loyiha hujjatlarini yuritish va monitoring qilish;
Hisobotlar tayyorlash va ma’lumotlarni tahlil qilish;
Microsoft Office (Excel, Word, PowerPoint) dasturlarida erkin ishlash;
Gamma, PowerPoint yoki shunga o‘xshash platformalarda professional taqdimotlar tayyorlash;
AI loyihalari bo‘yicha vazifalarni muvofiqlashtirish;
Jamoa bilan samarali muloqot qilish va vazifalarni boshqarish;
Analitik va tizimli fikrlash.
QO‘SHIMCHA USTUNLIKLAR:
AI yoki IT loyihalarida loyiha koordinatori sifatida ishlaganlik;
Sun’iy intellekt, Data Analytics yoki Project Management bo‘yicha bilim va tajriba;
Dinamik va tez o‘zgaruvchan loyiha muhitida ishlash tajribasi;
Zamonaviy taqdimot vositalari va vizualizatsiya platformalaridan foydalanish ko‘nikmasi.
Rezyumelarni
hr@sqb.uz manziliga 9.07.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.

57
Другие новости