Bo'sh ish o'rinlari

SQB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamentining Mehnatni muhofaza qilish xizmati Kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


05.08.2026 12:12

Mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar: • Bankda mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil etish. • Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish. • Ichki me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar va uslubiy materiallarni ishlab chiqish. • Ishga yangi qabul qilingan xodimlar, amaliyotchilar hamda xizmat safariga kelgan xodimlar uchun kirish yo‘l-yo‘riqlarini o‘tkazish. • Mehnatni muhofaza qilish, elektr va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda bilimlarni tekshirish. • Tarkibiy bo‘linmalarda yo‘riqnomalar o‘tkazilishini nazorat qilish. • Bosh ofis va hududiy tarmoqda mehnatni muhofaza qilish, elektr va yong‘in xavfsizligi holatini tekshirish. • Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish. • Baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish. • Hisobotlar tayyorlash va ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish. • Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanilishini nazorat qilish. • Hududiy bo‘linmalarga uslubiy yordam ko‘rsatish hamda davlat nazorat organlari bilan hamkorlik qilish.

 Talablar: • Oliy ma’lumot. • Kamida 3 yillik ish tajribasi (bank tizimi yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi). • Mehnatni muhofaza qilish, texnika, yong‘in va elektr xavfsizligi bo‘yicha qonunchilikning me’yoriy talablari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish. • Ichki me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish ko‘nikmasi. • Yo‘riqnomalar o‘tkazish, tekshiruvlarni tashkil etish va hisobot tayyorlash tajribasi. • Microsoft Office dasturlarini yaxshi bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 7.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

15.09.2026 18:07:22
SQB Axborot texnologiyalari departamenti Mikroservis arxitekturasi xizmati 3-mahsulot jamoasi guruhi kichik dasturchi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Dasturlash, ma’lumotlar bilan ishlash, mikroservis arxitekturasi va zamonaviy bank axborot tizimlarini rivojlantirishga ...

15.09.2026 12:33:34
QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA MENEJER

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) o‘z jamoasiga Qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga xodimn ...


Дата последнего обновления: 05.08.2026 12:13  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send