Bo'sh ish o'rinlari

Toshkent viloyati Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining tarmoqda ijro nazoratini muvofiqlashtirish guruhi kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


15.07.2026 12:17

Ijro intizomi, hujjatlar aylanishi va bank jarayonlarini muvofiqlashtirish yo‘nalishida o‘z faoliyatini rivojlantirmoqchi bo‘lgan mas’uliyatli va tashabbuskor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Bank bo‘linmalarida ijro intizomini tashkil etish va nazorat qilish.
• Bank rahbariyati, Markaziy bank, davlat organlari va yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlarining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
• EHA tizimida kiruvchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ijrochilar o‘rtasida taqsimlash hamda ijro muddatlarini nazorat qilish.
• Bank ofislari va bank xizmatlari markazlarida ijro nazorati bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqish.
• Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari va boshqa davlat elektron platformalari orqali kelib tushgan murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va kuzatib borish.
• Ijro intizomi bo‘yicha tahliliy, statistik va hisobot ma’lumotlarini tayyorlash.
• Rahbariyatning shaxsiy va sayyor qabullarini tashkil etish hamda tegishli hujjatlarni yuritish.
• Bank bo‘linmalarida arxiv ishlari va hujjatlar nomenklaturasining yuritilishini nazorat qilish.
• Tarkibiy bo‘linmalar bilan topshiriqlar ijrosi va ichki reglamentlarga rioya etilishi bo‘yicha hamkorlik qilish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini hujjatlar aylanishi, ijro intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish yo‘nalishida bilish.
• Elektron hujjat aylanishi tizimlari bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.
• Microsoft Office (Word, Excel, Outlook) dasturlarini yaxshi bilish.
• O‘zbek tilini erkin, rus tilini yaxshi darajada bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 17.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

15.07.2026 17:56:27
SQB Undiruv markazi Dasturiy ta’minot xizmati kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bankning undirish jarayonlarini avtomatlashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirish va t ...

15.07.2026 15:59:48
Yetakchi operator (telefon orqali sotuv)

Ish joyi: Bosh ofis Bandlik turi: Doimiy, to‘liq stavka Ish jadvali: Dushanba – Juma, 09:00–18:00 ...

15.07.2026 15:58:54
Bosh operator

Biz mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, sotuvni yaxshi ko‘radigan va zamonaviy bank jamoasida rivojlanishni i ...


Дата последнего обновления: 15.07.2026 12:18  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send