Agar siz yuridik shaxslar bilan ishlash, ularga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish va professional rivojlanishni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• O‘rta biznes segmentiga mansub yuridik shaxslarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish.
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish.
• Mijozlarning hujjatlarini tekshirish hamda amaldagi qonunchilik va Bankning ichki tartib-qoidalariga muvofiq ularni identifikatsiya qilish.
• Depozit mahsulotlarini rasmiylashtirish va ular bo‘yicha operatsiyalarni kuzatib borish.
• To‘lov hujjatlarini qabul qilish va qayta ishlash, avtomatlashtirilgan bank tizimida bank operatsiyalarini amalga oshirish.
• Mijozlarni masofaviy bank xizmatlariga ulash va ulardan foydalanish jarayonini qo‘llab-quvvatlash.
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish.
• Mijozlarning yuridik hujjatlar yig‘majildini yuritish, ma’lumotnomalar va rasmiy yozishmalarni tayyorlash.
• Ish haqi loyihalari, korporativ bank kartalari va to‘lov terminallarini rasmiylashtirish hamda ularga xizmat ko‘rsatish.
• Bank xizmatlari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘ri hisoblanishini nazorat qilish.
• O‘rta biznes segmentiga yangi mijozlarni jalb qilish va amaldagi mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish.
• Moliyaviy monitoring, komplaens nazorati hamda Bankning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish.
• Mijozlarga sifatli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish maqsadida Bankning tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot — iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yo‘nalishida.
• Bank tizimida kamida ikki yillik ish tajribasi.
• Yuridik shaxslar uchun bank mahsulotlari va xizmatlarini yaxshi bilish.
• Bank axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
• Bank faoliyati, moliyaviy monitoring va komplaens sohasidagi amaldagi qonunchilikni bilish.
• MS Office dasturlaridan erkin foydalana olish.
• Diqqatlilik, mas’uliyatlilik va yuqori ijro intizomi.
• Rivojlangan muloqot ko‘nikmalari, mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv va jamoada ishlash qobiliyati.
Ish sharoitlari:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.
• Raqobatbardosh ish haqi — suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi.
• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati.
• Zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlariga ega barqaror bankda ishlash.
• Malaka oshirish va professional rivojlanish imkoniyatlari.
• Ahil jamoa va qulay mehnat sharoitlari.
• Ish jadvali: 5/2.
Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtiro ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti Korporativ biznes subyektlar ...
Mijozlar bilan ishlash, savdo va bank xizmatlarini rivojlantirishga qiziqadigan faol muta ...

