Yangiliklar

SQB FUTSAL jamoasi va FC SIPAR o‘rtasida do‘stona o‘yin bo‘lib o‘tdi


26.07.2025 12:14

Joriy yilning 26-iyul kuni SQB FUTSAL jamoasi Toshkent shahridagi “Moliya” sport majmuasida qo‘shni Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahridan tashrif buyurgan FC SIPAR jamoasiga qarshi do‘stona uchrashuv o‘tkazdi.

Mavsum oldidan o‘tkazilgan mazkur o‘rtoqlik o‘yini har ikki jamoa uchun ham tajriba almashish, tayyorgarlik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuv 2:1 hisobida SQB FUTSAL jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

SQB FUTSAL jamoasi FC SIPAR klubiga tashrifi va ko‘rsatgan chiroyli o‘yini uchun samimiy minnatdorlik bildiradi hamda yangi mavsumda Tojikiston chempionatida muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilab qoladi.




Другие новости

11.08.2026 12:31:51
MAHALLA BANKIRI: RAQAMLAR ORTIDAGI INSONLAR TAQDIRI

So‘nggi yillarda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mahalla bankirlari faoliyati kengaytiril ...

10.08.2026 10:47:13
“Dolzarb 40 kunlik”: Buxoroda obodonlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari jadallashtirildi

Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Xo‘jgi, Mehriobod, Sherobod va Istiqbo ...

10.08.2026 10:40:16
SQB rahbariyati Qashqadaryoda istiqbolli loyihalarni muhokama qildi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hududda amalga oshirilayotgan v ...


Дата последнего обновления: 08.08.2025 12:15  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send