SQB xodimlari Xalqaro tozalik kunida
21.09.2026 05:36
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari Xalqaro tozalik kuniga bag‘ishlangan ekologiya va sport tadbirlarida faol ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar doirasida bank xodimlari “Yoshlar va ekologiya” xalqaro marafoni hamda “Green Games” respublika plogging musobaqasida qatnashdi.

Tashabbuslar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.
Tadbirlar davomida faol ishtirok etgan xodimlarga Bank tomonidan maxsus sovg‘alar topshirildi.
SQB ekologik mas’uliyat, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy faollikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etishda davom etadi.

30
Другие новости