
O’zsanoatqurilishbank (SQB)da Fransiya Taraqqiyot аgentligi (AFD) ko‘magida jalb etilgan “Exergia” xalqaro konsalting kompaniyasi ekspertlari ishtirokida iqlim tavakkalchiliklarini boshqarish va ekologik-ijtimoiy risklar sohasida o‘quv seminarlari boshlandi.
Dastur doirasida bankda iqlim tavakkalchiliklari bo‘yicha stress-test metodologiyasini ishlab chiqish, uni risklarni boshqarish jarayonlariga integratsiya qilish, shuningdek, ekologik va ijtimoiy tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi (Environmental and Social Management System – ESMS)ni yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

27–31-iyul kunlari o‘tkazilayotgan seminar va amaliy mashg‘ulotlarda xalqaro ekspertlar bank mutaxassislari bilan birgalikda iqlim tavakkalchiliklarini baholash, stress-test instrumentlarini ishlab chiqish, ESG yondashuvlarini risklarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish hamda xalqaro moliya institutlarining ilg‘or amaliyoti bo‘yicha tajriba almashmoqda.
Mazkur tadbirlar SQBda barqaror moliyalashtirish tamoyillarini yanada rivojlantirish, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish va xalqaro standartlarni bank faoliyatiga keng joriy etishga xizmat qiladi.
Joriy yilning 27-iyul kuni “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi Aziz Ak ...
“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) va Huawei kompaniyasi sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda bank infratuzi ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektordagi topshirig‘i asosida ma ...

