Tender va tanlovlar

Soft Collection xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha autsorsing kompaniyalarini jalb etish tanlovi


25.12.2025 11:40

Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida, mijozlar bilan masofadan turib telefon orqali muloqot olib borish (Soft Collection) xizmatlarini ko‘rsatish uchun autsorsing kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan, mazkur yo‘nalishda amaliy tajribaga ega hamda Bank bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor bo‘lgan autsorsing kompaniyalari tanlovda ishtirok etishga taklif etiladi.

Xizmatlar ko‘rsatish doirasi
  • qarz oluvchilar, birgalikda qarz oluvchilar va kafillar bilan kredit qarzdorligini so‘ndirish zarurligi haqida eslatish maqsadida telefon orqali aloqa o‘rnatish;

  • Bank tomonidan tasdiqlangan skriptlar asosida muloqot olib borish;

  • qo‘ng‘iroqlar natijalarini axborot tizimlarida qayd etish;

  • barcha telefon suhbatlarini yozib olish va saqlash;

  • qo‘ng‘iroqlar natijalari bo‘yicha kunlik, oylik hamda belgilangan davr kesimida hisobotlar taqdim etish.

Autsorsing kompaniyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • qarzdorlikni undirish (Collection) yo‘nalishida kamida 2–3 yillik ish tajribasi;

  • operatorlar shtati va sifat nazoratini amalga oshiruvchi supervayzerlar mavjudligi;

  • auto-dialer va qo‘ng‘iroqlarni yozib olish imkoniyatiga ega texnik infratuzilma;

  • API orqali Bank axborot tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyati;

  • shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish;

  • samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) va xizmat darajasi to‘g‘risidagi kelishuvlar (SLA) asosida ishlashga tayyorlik.

Afzalliklar (qo‘shimcha)
  • bank va moliya tashkilotlari bilan hamkorlik tajribasi;

  • Soft va Hard Collection jarayonlari bo‘yicha amaliy tajriba;

  • SMS, PUSH-xabarnomalar yoki robotlashtirilgan qo‘ng‘iroqlar bilan integratsiya qilish imkoniyati.

Tijorat taklifiga qo‘yiladigan talablar

Tijorat taklifida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:

  • kompaniya haqida umumiy ma’lumot;

  • xodimlar soni va operatsion imkoniyatlar;

  • bir oy davomida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar hajmi;

  • tariflar va hisob-kitob shartlari;

  • hisobotlar namunasi;

  • mas’ul aloqa shaxsi haqida ma’lumotlar.

Arizalarni qabul qilish va yuborish tartibi

Tijorat takliflari elektron shaklda 2026 yil yanvar oyi oxiriga qadar qabul qilinadi.

Dastlabki saralash natijalariga ko‘ra tanlab olingan kompaniyalar bilan 2026 yil 20 yanvar sanasidan keyin qo‘shimcha muzokaralar o‘tkaziladi va keyingi hamkorlik shartlari kelishib olinadi.

Tijorat takliflarini yuborish uchun aloqa ma’lumotlari




Другие новости


Дата последнего обновления: 25.12.2025 12:22  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo