Следите за новостями и предложениями регулярно!

Bo'sh ish o'rinlari

SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Axborotlarni texnik himoya qilish xizmati Xavfsiz dasturlash guruhi bosh menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


22.06.2026 15:48


Dasturiy ta’minot xavfsizligi, DevSecOps amaliyotlari va zamonaviy IT infratuzilmalarni himoyalash sohasida chuqur tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• CI/CD jarayonlariga avtomatlashtirilgan xavfsizlik nazorat vositalarini (SAST, DAST, SCA, IAST, Secret Detection) joriy etish va optimallashtirish
• Kubernetes/OpenShift muhitlari xavfsizligini ta’minlash, Network Policies, OPA/Kyverno va Service Mesh (Istio) infratuzilmalarini boshqarish hamda audit qilish
• Infrastructure as Code (Terraform, Ansible) yechimlarining xavfsizligini nazorat qilish va avtomatlashtirilgan tekshiruvlarni yo‘lga qo‘yish
• HashiCorp Vault asosida maxfiy ma’lumotlar, kriptografik kalitlar va sertifikatlarni boshqarish tizimlarini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash
• Secure SDLC va AppSec amaliyotlarini joriy etish, ishlab chiquvchilar uchun xavfsiz kod yozish standartlarini ishlab chiqish
• SIEM va monitoring tizimlari (Prometheus, Grafana, ELK) bilan integratsiya qilingan xavfsizlik monitoringi va zaifliklarni bartaraf etish jarayonlarini avtomatlashtirish

 Talablar:
• Axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi yoki turdosh yo‘nalishlarda oliy ma’lumot
• Kamida 3 yillik ish tajribasi
• DevSecOps yoki DevOps/AppSec muhandisi sifatida kamida 1 yillik amaliy tajriba
• Kubernetes (K8s), CIS Benchmarks va konteyner xavfsizligi bo‘yicha chuqur bilimlar
• GitOps (ArgoCD / Flux) va CI/CD platformalari (GitLab CI, GitHub Actions) bilan ishlash tajribasi
• Python, Go yoki Bash dasturlash tillaridan kamida bittasini bilish
• OWASP Top 10, OWASP ASVS, SANS metodologiyalari va banking xavfsizligi standartlari (PCI DSS, STB) bo‘yicha bilimlar
• Dev, Ops, QA va Security jamoalari bilan samarali ishlash ko‘nikmasi
• O‘zbek tilini bilish

 Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.




Другие новости

22.06.2026 16:13:28
SQB Jizzax So‘g‘diyona bank xizmatlari markazi rahbari (biznes menejer) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank savdolari, mijozlar bilan ishlash va jamoani boshqarish yo‘nalishida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga takli ...

22.06.2026 15:48:03
SQB Raqamli biznes departamenti Raqamli dasturlash xizmati tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz bankning mobil ilovalarini ishlab chiqish va rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarn ...


Дата последнего обновления: 22.06.2026 15:48  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send