SQB Jizzax So‘g‘diyona bank xizmatlari markazi rahbari (biznes menejer) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
22.06.2026 16:13
Bank savdolari, mijozlar bilan ishlash va jamoani boshqarish yo‘nalishida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish
• Kichik, o‘rta va chakana biznes segmentlari bilan ishlash hamda ularni bank xizmatlariga jalb qilish
• Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib kredit mahsulotlari va boshqa bank xizmatlarini taklif etish
• Kredit hujjatlarini shakllantirish, kredit layoqatliligini tahlil qilish va kredit jarayonlarini muvofiqlashtirish
• Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish
• Depozitlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan ishlash samaradorligini oshirish
• Bank xizmatlari markazi faoliyatini boshqarish va jamoa ishini muvofiqlashtirish
• Xizmat ko‘rsatish sifati standartlariga rioya etilishini ta’minlash
• AML/CFT va bankning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq faoliyat yuritish
Talablar:
• Oliy yoki o‘rta maxsus iqtisodiy ma’lumot
• Bank tizimida mijozlar bilan ishlash, kreditlash yoki biznes yo‘nalishida ish tajribasi
• Kichik va o‘rta biznes segmentlari bilan ishlash ko‘nikmasi
• Muzokara olib borish va savdo ko‘nikmalariga ega bo‘lish
• Jamoani boshqarish va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv
• Analitik fikrlash va mas’uliyatlilik
• Rus tillini bilish ustunlik beradi
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

28
Другие новости