Следите за новостями и предложениями регулярно!

Bo'sh ish o'rinlari

SQB Raqamli biznes departamenti Raqamli dasturlash xizmati tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


22.06.2026 15:47

Biz bankning mobil ilovalarini ishlab chiqish va rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mobil dasturlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tajribaga ega Android Developer mutaxassisini izlamoqdamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Kotlin va Jetpack Compose texnologiyalari asosida Android mobil ilovalarini ishlab chiqish va rivojlantirish
• Mobil ilovalar uchun masshtablanuvchan arxitekturalarni (MVVM, Clean Architecture) loyihalash va qo‘llab-quvvatlash
• Mobil ilovalarni REST API orqali backend tizimlari bilan integratsiya qilish
• Mobil ilovalarning unumdorligi, barqarorligi va foydalanuvchi tajribasini optimallashtirish
• Unit Test va UI Testlarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash
• Kotlin Multiplatform (KMP) asosidagi yechimlarni ishlab chiqish va rivojlantirishda ishtirok etish
• Code Review jarayonlarini amalga oshirish va kod sifati standartlariga rioya etilishini ta’minlash
• Biznes tahlilchilar, dizaynerlar, QA muhandislar va backend dasturchilar bilan hamkorlik qilish
• Agile/Scrum metodologiyasi asosida ishlash va rivojlantirish jarayonlarida qatnashish
• Mobil dasturchilar jamoasiga mentorlik qilish va texnik ko‘mak ko‘rsatish

 Talablar:
• Axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot
• Android ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba
• Kotlin, Android SDK va Jetpack Compose texnologiyalarini mukammal bilish
• MVVM va Clean Architecture bilan ishlash tajribasi
• REST API integratsiyasi bo‘yicha amaliy tajriba
• Kotlin Coroutines, Flow, Room, Retrofit va Android Jetpack komponentlarini bilish
• Unit Test va UI Test yozish ko‘nikmalari
• Git, CI/CD va jamoaviy dasturlash muhitida ishlash tajribasi
• SOLID tamoyillari va OOP prinsiplari bo‘yicha bilimlar
• Agile/Scrum metodologiyalari asosida ishlash tajribasi
• Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalari

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 22.06.2026 15:48  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send