"O‘zsanoatqurilishbank"ATBning istalgan ofisiga tashrif buyuring
Ariza yozing va bank bilanshartnoma tuzing
Bank depozit summasini depozit hisobvarag'iga o‘tkazadi
Depozit valyutasi:
milliy valyuta - so‘mda
Yillik foiz stavkasini hisoblash tartibi:
0-30 kungacha — yillik 0 %
31 kundan 180 kungacha — yillik 6 %
181 kundan 370 kungacha — yillik 12 %
370 kundan — yillik 18 %
Depozit shartnomasi muddatidan oldin yopilganda:
Depozit shartnoma muddati tugashidan oldin yopilganda, hisoblangan foizlar depozit Bankda saqlangan haqiqiy muddatga muvofiq qayta hisoblab chiqiladi va ortiqcha to‘langan foizlar depozitning asosiy summasidan ushlab qolinadi.
Maksimal depozit muddati:
24 oygacha
Depozitning minimal miqdori:
100 000 000 so‘m
Maksimal depozit miqdori:
cheksiz
Depozit qiymatini oshirish:
mavjud emas
Qiymatni qisman echib olish:
mavjud
Foizlarni kapitallashtirish:
mavjud emas
Depozit bo‘yicha foizlar har oyda hisoblab chiqiladi va keyingi oyning 5 (besh) ish kuni ichida to'lanadi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB mijozlariga bank siri saqlanishi hamda mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Bank O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.
Omonatlaringiz xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevralda imzolangan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’minlanadi. Mazkur qonunga asosan, omonatlar belgilangan miqdor doirasida davlat tomonidan kafolatlanadi.
Kafolatlangan omonat summasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.
Omonat tanlash sizning maqsadingizga bog‘liq:
- Daromadni maksimal oshirish muhim bo‘lsa — milliy valyutadagi (so‘m) omonatlarni tanlang, foiz stavkalari yuqoriroq bo‘ladi.
- Valyuta barqarorligi muhim bo‘lsa — xorijiy valyutadagi (USD yoki EUR) omonatlarni tanlang.
- Omonatni keyinchalik to‘ldirib borishni rejalashtirsangiz — to‘ldirish imkoniyati mavjud omonatlarni tanlang: Manfaatli, Ideal, Yevro.
- Mablag‘ni uzoq muddatga saqlash imkoniyati bo‘lsa — uzoq muddatli omonat yuqoriroq umumiy daromad keltiradi.
SQBda omonatlarni quyidagi valyutalarda ochish mumkin:
- milliy valyuta — so‘m (UZS)
- AQSh dollari (USD)
- yevro (EUR)
To‘ldiriladigan omonat — bu amal qilish muddati davomida qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin bo‘lgan omonat turidir.
SQBda bunday omonatlar:
Manfaatli
Ideal
Yevro
Bu omonatlar muntazam ravishda jamg‘arma qilishni istagan mijozlar uchun qulay.
Omonat muddati muhim shartlardan biridir.
Agar mablag‘ni muddatidan oldin yechib olish zarurati tug‘ilsa, foizlar to‘liq saqlanmasligi mumkin.
Agar mablag‘ sizga uzoq muddat kerak bo‘lmasa, maksimal muddatli omonatni tanlash umumiy daromadni oshiradi.
- Muddatli omonat — mablag‘ ma’lum muddatga joylashtiriladi va yuqoriroq foiz daromadi keltiradi.
- Talab qilib olinguncha omonat — mablag‘ni istalgan vaqtda yechib olish mumkin, ammo foiz darajasi past yoki minimal bo‘ladi.
Jismoniy shaxslar uchun “omonat” va “depozit” atamalari amalda bir xil ma’noni anglatadi — har ikkala holatda ham mijoz mablag‘ini bankka joylashtiradi va foiz daromadi oladi.
“Depozit” atamasi ko‘proq yuridik shaxslar bilan ishlashda qo‘llaniladi.
Ha. To‘ldirish imkoniyati mavjud valyuta omonatlari:
Ideal (USD)
Yevro (EUR)
Foizlar oy ichidagi haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Masalan:
yanvar — 31 kun
fevral — 28–29 kun
Shu sababli foiz summasi har oyda biroz farq qilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda omonatlar bo‘yicha foizlar kapitalizatsiyasi nazarda tutilmagan.
Omonat ochish uchun:
- SQB Mobile ilovasini yuklab oling va telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting.
- Shaxsingizni tasdiqlang (pasport ma’lumotlari yoki PINFL orqali).
- Ilovaning bosh sahifasidagi “Mavjud omonatlar” bo‘limiga o‘ting.
- O‘zingizga mos omonatni tanlab, rasmiylashtiring.
Ha, mumkin. Biroq bunday holatda foizlar qayta hisoblanishi yoki kamaytirilishi mumkin. Shartlarni oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Foizlar har kuni hisoblanadi va omonat shartlariga muvofiq to‘lanadi. Foiz stavkasi omonat muddati davomida o‘zgarmaydi.
Ha. Siz turli valyuta va muddatlarda bir nechta omonat ochishingiz mumkin.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.
Omonatlaringiz O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq himoyalangan.
Kafolatlangan omonat summasi — 200 mln so‘m.
Batafsil ma’lumot — «Omonatlaringiz kafolatlangan» bo‘limida. https://fgd.uz/uz
- легко и просто!
Кредитная ставка
Срок выдачи кредита
Максимальная сумма кредита
Минимальный пакет документов для оформления и удобные способы погашения кредита

Выдается на приобретение квартир в новостройке

Совершайте повседневные платежи, используя удобное приложение













