Korporativ biznes subyektlari loyihalarini tahlil qilish xizmati yetakchi menejeri
25.08.2026 16:43 “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti Korporativ biznes subyektlari loyihalarini tahlil qilish xizmatiga Yetakchi menejer lavozimiga ishga taklif etadi.
Asosiy vazifalar
- Korporativ mijozlarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha kredit buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish.
- Qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini aniqlash hamda investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish.
- Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari (TIA), biznes-rejalari va prognoz qilinayotgan pul oqimlarini tahlil qilish.
- Loyihaning kelgusidagi pul oqimlari hisobidan asosiy qarz va foiz to‘lovlarini qaytarish imkoniyatini baholash.
- Investitsion loyihalar bo‘yicha tegishli xulosalarni tayyorlash va Bankning kollegial organlari ko‘rib chiqishiga kiritish.
- Bankning tegishli kollegial organlari yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda o‘tkazilgan tahlil natijalarini taqdim etish.
- Investitsion kreditlashning dastlabki shartlariga, shu jumladan kreditni qaytarish muddatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish.
- Bankning kreditlash sohasidagi ichki hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish.
- Bank tomonidan tasdiqlangan kredit mahsulotlariga muvofiq kredit buyurtmanomalarini Check-list asosida ko‘rib chiqish.
- Departament direktori va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish.
- Amaldagi qonunchilik va Bankning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
Talablar:
- Oliy iqtisodiy ma’lumot; ish faoliyati xususiyatidan kelib chiqib boshqa oliy ma’lumot ham ko‘rib chiqiladi.
- Bank tizimida kamida 2 yil ish staji.
- Kredit va moliyaviy tahlil asoslarini bilish.
- Investitsion loyihalarni va qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholash tamoyillarini bilish.
- Biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslar va prognoz qilinayotgan pul oqimlarini tahlil qilish tajribasi.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Markaziy bankning bank faoliyatiga oid normativ hujjatlarini bilish.
- MS Excel va boshqa MS Office dasturlaridan ishonchli foydalana olish.
- Tahliliy fikrlash, e’tiborlilik, mas’uliyatlilik va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati.
- Tahliliy xulosalarni tayyorlash va tahlil natijalarini asosli ravishda taqdim eta olish.
Biz taklif qilamiz
- O‘zbekistondagi yirik banklardan birida ishlash imkoniyati.
- Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida ishtirok etish.
- Korporativ mijozlar va yirik investitsion loyihalar bilan ishlash imkoniyati.
- Professional va martaba rivojlanishi uchun imkoniyatlar.
- Raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy paket.
- Professionallar jamoasida ishlash hamda Bank uchun strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Ariza topshirish tartibi
Vakansiya talablariga mos keladigan nomzodlar o‘z rezyumelarini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin:

14
Другие новости